BUYUK BOBOLARIMIZ IBRATI
O‘tmishdan ma'lumki, bizning yurtimizdan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobir Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Burhoniddin Marg‘oniniy, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriyu necha necha Xorazmiyu, Termiziyu va Samarqandiylardek –muhaddislar, mufassirlar, faqihlar, mutasavviflar o‘tishgan. Matematika, astranomiya, fizika kabi aniq fanlar, tarix, adabiyot va boshqa ijtimoyi fanlarga doir katta katta bir necha jildan iborat ilmiy asarlar yozib, dunyo ilmu ma'rifati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab buyuk bobolarimiz yetishib chiqqan.
Bulardan qolgan ilmiy meroslarda Vatanga muhabbat, diniy bag‘rikenglik, odob axloq, umuinsoniy qadriyatlar, ilmga olishlikka da'vat etuvchi kabi milliy va ma'naviy ezgu g‘oyalar va bebaho bilimlar mavjud. Bizning buyuk bobolarimizdan olinadigan ibratli jihatlaridan biri bu ularning ilm ma'rifat olishga bo‘lgan harakatlari, muhabbatlari va aynan shu egallagan bilimlari bilan butun dunyoning barcha sohasi ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shganlaridir. Bulardan qolgan ilmiy meroslar hozirda jahonning ko‘plab oliygohlarida tadqiq qilinadi va o‘qitilib foydalanib kelinmoqda. Ularning asarlari dunyoning turli tillariga tarjima qilinmoqda.
Ilm olishlik to‘g‘risida Islom dini manbalarida juda ko‘p targ‘ib qilingan. Ilm olishlik, kitob o‘qishlik bilim ma'rifat sohibi bo‘lishimiz borasida allomalarimiz, olimlarimiz biz avlodlariga ko‘pdan ko‘p pandu nasihatlarini aytib ketganlar. Bu biz avlodlar uchun ulardan oladigan ibrat, ularga mos va munosib bo‘lishligimiz uchun, bizni ilm sari harakat qilishimizga undaydi.
Ibrat olishning foydasi to‘g‘risida Abdurauf Fitrat bunday diganlar: “Odam birovni do‘st tutsa va o‘zidan ulug‘larni hurmat qilsa, ulardan ibrat olib, o‘zini ularga o‘xshatmoqchi bo‘ladi, ulardek sa'y-harakat, yurish turish qilmoqchi bo‘ladi. Bu maylni yuqotmay, uni kuchaytirib, undan foydalanish lozim. Ajdodlarimiz himmat hamiyatni, adolat, insof va odamgarchilikning eng baland pog‘onasiga chiqqan edilar. Ana shu ma'qul sifatlar bilan qancha e'tirof, sharaf, izzat va baland martabaga ko‘tarildilar. Ota-ona shularni bolaga munosib til bilan tushuntirib, bolalarini ajdodlaridan ibrat olishga, g‘urulanib ularga o‘xshashlikni orzu qilib yashashga da'vat etishlari zarur”.
Bobomiz Amir Temur aytadilar: “Kitob–barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql idrokning, ilm-donishning asosidir. Hayotni o‘rgatuvchi marabbiydir”.
Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh vazirlik qilgan kezlarida podshoh doimo uning so‘zlariga quloq solib, shoir bilan maslahatda ish tutar ekan. Kunlardan bir kun erta tongda Husayn Boyqaro saroyga kirib ketayotib, Navoiyga qarabti-da, ko‘rsatgich barmog‘i bilan ko‘rsatibdi. Ayni shu chog‘da Navoiy barmog‘i bilan tilini ko‘rsatibdi. Husayn bosh chayqabdi, saroyga kirmay qaytib ketibdi. Bu manzarani kuzatib turgan Navoiyning shogirdlari imo-ishoralarning sababini so‘rashibdi.
Shunda Navoiy: – Qani, o‘zlaring o‘ylab topinglar, –debdi-da, imo-isholar sirini aytmapdi. Shogirdlar o‘ylab-o‘ylab, hech topisholmapdi. Nihoyat ulardan biri shoirni so‘zlatish maqsadida siyohdonni ag‘darib yuboribdi.
Shunda Navoiy: – Abdullatif, bunchalar parishonxotir bo‘lmasangiz, axir siyohdonni ag‘darib yubordingiz -ku, –debdi.
Kechirasiz, ustoz, –unga yuzlanibdi shogirdi haligi muammoning sababini o‘ylab xayolim qochibdi.
Shunda Navoiy shogirdlariga bo‘lgan voqeaning sir-asrorini aytib berishga majbur bo‘libdi.
Husayn Boyqaro mendan: “Boshga baloni nima keltiradi?” –deb so‘radilar. Men esa: “Til” –deb javob berdim.
Shogirdlar Navoiyning dono, ziyrak va aqlliligiga yana bir marta qoyil qolishibdi. Bu hayoti hikoyadan olinadigan xulosa shuki, sohibi ilm bo‘lgan kishi ilmli bo‘lish bilan birga o‘ta zukko, mohir fahm farosatli bo‘lishligi lozim.
Darhaqiqat, kelajak avlodni barkamol qilib tarbiyalashda buyuk bobolarimizning biz uchunn ibratli hayotlari, ularning ilmiy meroslarini o‘rganish, tahlil qilish bizning oldimizda turgan asosiy vazifamizdir. Butun dunyoning barcha sohalarda ilm rivojlanib bormoqda. Biz ham ilmiy salohiyatimizni yuksaltirishga harakat qilib, biz buyuk bobolarimiz avlodlari ekanligimizni o‘z aqlu zakovatimiz, ilmu donishimiz bilan butun jahonga ibrat bo‘lishimiz lozim.
Shodi domla HAQBERDIYEV Urgut tuman bosh imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 27/04/2020 11:46; Ko‘rilganligi: 18680
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 02:51