O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Bir birini yolg‘iz qo‘ymaydigan millatimiz bor

 
 

“Yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”. Oli Imron surasi, 92-oyat.

Abu Kabsha al-Anmoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Uch narsaga qasam ichaman: «Bandaning moli sadaqa ila nuqsonga uchramas. Banda bir zulmga uchrasa-yu, unga sabr qilsa, albatta, Alloh uning izzatini ziyoda qilur. Banda tilanchilik eshigini ochsa, albatta, Alloh unga faqirlik eshigini ochar»,dedilar.

Bir kuni Ibn Muborakdan bir gadoy pul so‘ragan edi, u bir dirham ehson qildi. Shunda uning ba'zi do‘stlari: “Bu gadoylar qovurilgan go‘sht va falujaz (shirinlik) kabi taomlar iste'mol qiladi. Unga bu pulning bir qismini bersa ham kifoya qilardi”, deyishdi. Shunda Ibn Muborak: “Xudo haqqi, ular ko‘kat va nondan bo‘lak biror taom iste'mol qilmaydilar, deb o‘ylardim, basharti ular falujaz va go‘sht yer ekanlar, unda ularga bir dirham yetmas ekan”, deydi va xizmatkorlaridan biriga: “Gadoyni qaytarib kelginda, unga o‘n dirham ber”, deya amr qiladi.

Bizdan oldin o‘tgan ajdodlarimiz qilgan bunday yaxshiliklar, sadaqotlar, xayrli amallar bugun barchamiz uchun ibrat va dasturul amal bo‘lishi kerak.

Aziz  yurtdoshlar,  bugun bizga  Allohning katta bir sinovi keldi. Bizning saxovatli xalqimiz bunday vaziyatlarda bir-birini yolg‘izlatib qo‘ymaydi. Bugun yurtimizni barcha hududlarida  saxovatli insonlarning xayrli ishlarini guvoxi bo‘layabmiz. Biz Nabiy sollallohu alayhi vasallamning muborak so‘zlariga e'tibor qilsak, fuqarolarimizga yanada yaxshiroq, saxovatlilarimizning savoblari yanada ulug‘roq bo‘lardi:

Ubaydullox ibn Adiy ibn Xiyordan rivoyat qilinadi: “Ikki kishi menga vidolashuv hajida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borganlarini aytishdi. U zot sadaqa taqsimlayotgan ekanlar. Shunda ikkovi u kishidan so‘rashibdi. U zot ularga boshdan oyoq nazar solib chiqibdilar. Ularning baquvvat ekanini ko‘ribdilar so‘ngra “Agar istasangiz, ikkovingizga ham beraman ammo unda boyning va kasb qila oladigan baquvvatning nasibasi yo‘q” dedilar. Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilishgan.

Top ko‘ngillik beklar, manman demang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbek yurtidur, tenglik qiling

Turdi Farog‘iy

Otabek Toshbekov - Narpay tuman "Naqishbandiy" jome masjidi xodimi  


Kiritilgan vaqti: 08/04/2020 11:08;   Ko‘rilganligi: 1033
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/bir-birini-yolgiz-qoymaydigan-millatimiz-bor
Chop etilgan vaqti: 16/09/2024 01:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing