O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

BIR BIRIMIZNI HIMOYA QILAYLIK

 
 

“Allohga va uning Rasuliga itoat qiling. O‘zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch quvvatingiz ketadi. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilandir”. (Anfol 46). Ushbu oyati karimada Alloh taolo mo‘min bandalarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida nizoga bormaslikka chaqirmoqda. Shunday ekan, musulmonlar masala tortishmasdan tinglashni, quloq tutishni va itoat qilishni yaxshi o‘rganib olishlari zarurdir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: ”Ey Allohning rasuli! Meni bir amalga yo‘llab qo‘yingki, agar uni qilsam, jannatga kirayin”, dedi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohga biror narsani sherik qilmasdan ibodat qilasan, farz namozlarini o‘qiysan, farz qilingan zakotni ado etasan va ramazon oyi ro‘zasini tutasan”, dedilar. Shunda u kishi: “Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, bu aytilgan narsalardan oshirib ham, kamaytirib ham yubormayman”, dedi. U kishi orqasiga qaytib ketganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimni jannat ahlidan bo‘lgan kishiga qarash xursand qilsa, mana bu kishiga nazar solsin”, dedilar. Imom Muslim rivoyati. Demak, musulmonlar buyurilgan narsalardan oshirib ham, kamaytirib ham yubormasdan, ba’zisini tutib, ba’zisini tark qilmasa, rahbarning ko‘rsatmasiga amal qilsa hech-bir nizo kelib chiqmas ekan. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda musulmonlar bir-biri bilan tortishish, talashish bilan ovora. Biz musulmonlar xozirgi vaqtda Alloh taoloning “....va O‘zlaringizdan bo‘lgan boshliqqa itoat qiling”, deb marhamat qilgan oyatiga itoat qilishni go‘yo ututib qo‘yayotgandaymiz. Musulmonlarning rahbari aytgan so‘zlarni boshqa tomonga talqin qilish, yana bir fitnaning eshigini oshishdan boshqa narsa emas. Uning o‘rniga musulmonlarni sabr-toqatga va itoatga, go‘zal xulq va odobga chaqirib, masalaga ijobiy tomondan yondoshmoqlikni o‘rgatib borish lozimdir. Aks holda, din dushmanlarining o‘ljasiga aylanib qolish hech gap emas. Ogoh bo‘ling ey musulmonlar!


Kiritilgan vaqti: 15/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2078
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/bir-birimizni-himoya-qilaylik
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 11:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing