O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Aql egalarining holatlari, duolari va mukofotlari

 
 

أولو الألباب – “aql egalari” arab tilidagi "اللب" kalimasining ko‘plik shaklidir. Unga ulamolar “Har qanday aqliy kamchiliklardan xolis aql - zukkolik” deb ta’rif berishgan. Alloh taolo Qur’oni karimning 189-195-oyatlarida “Aql egalarining holatlari, duolari va ularga beriladigan savob (mukofot)” ning bayonini keltiradi:

Ularning holatlari:

إِنَّ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَاخْتِلَافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ لَآيَاتٍ لِأُولِي الْأَلْبَابِ الَّذِينَ يَذْكُرُونَ اللَّهَ قِيَامًا وَقُعُودًا وَعَلَى جُنُوبِهِمْ وَيَتَفَكَّرُونَ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ

Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida Allohni tik turgan, o‘tirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar aql egalari uchun belgilar bor”.

Ular:

رَبَّنَا مَا خَلَقْتَ هَذَا بَاطِلًا سُبْحَانَكَ فَقِنَا عَذَابَ النَّارِ. رَبَّنَا إِنَّكَ مَنْ تُدْخِلِ النَّارَ فَقَدْ أَخْزَيْتَهُ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ أَنْصَارٍ. رَبَّنَا إِنَّنَا سَمِعْنَا مُنَادِيًا يُنَادِي لِلْإِيمَانِ أَنْ آمِنُوا بِرَبِّكُمْ فَآمَنَّا رَبَّنَا فَاغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَكَفِّرْ عَنَّا سَيِّئَاتِنَا وَتَوَفَّنَا مَعَ الْأَبْرَارِ. رَبَّنَا وَآتِنَا مَا وَعَدْتَنَا عَلَى رُسُلِكَ وَلَا تُخْزِنَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّكَ لَا تُخْلِفُ الْمِيعَادَ.

“Robbimiz, buni bekorga yaratganing yo‘q, O‘zing poksan, bizni o‘t azobidan saqlagin. Robbimiz, albatta, Sen kimni do‘zaxga kiritsang, batahqiq, uni sharmanda qilibsan. Va zolimlarga yordam beruvchilar yo‘q. Robbimiz, biz nido qiluvchining, Robbingizga iymon keltiring, deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni o‘chirgin hamda yaxshilar bilan birga o‘ldirgin. Robbimiz, bizga Payg‘ambarlaringga va’da qilgan narsalaringni bergin va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin. Albatta, Sen va’daga xilof qilmassan”, derlar.

Ularning mukofotlari:

فَاسْتَجَابَ لَهُمْ رَبُّهُمْ أَنِّي لَا أُضِيعُ عَمَلَ عَامِلٍ مِنْكُمْ مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَى بَعْضُكُمْ مِنْ بَعْضٍ فَالَّذِينَ هَاجَرُوا وَأُخْرِجُوا مِنْ دِيَارِهِمْ وَأُوذُوا فِي سَبِيلِي وَقَاتَلُوا وَقُتِلُوا لَأُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّئَاتِهِمْ وَلَأُدْخِلَنَّهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ ثَوَابًا مِنْ عِنْدِ اللَّهِ وَاللَّهُ عِنْدَهُ حُسْنُ الثَّوَابِ

Robbilari ularning (duolarini) istijobat qilib: «Men sizlardan erkagu ayol amal qiluvchining amalini zoye qilmasman. Ba’zingiz ba’zingizdansiz. Hijrat qilganlar, diyorlaridan chiqarilganlar, Mening yo‘limda aziyat chekkanlar, jang qilganlar va qatl bo‘lganlarning yomonliklarini o‘chirurman hamda ularni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturman, bu Allohning huzuridan savobdir. Va Alloh–huzurida go‘zal savob bor zotdir», dedi.

Shayx Muhammad Avvomaning "Almuxtor min faroidin nuquli val axbor" hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Tafsirul hilol" kitoblari asosida tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 01/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2211
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/aql-egalarining-holatlari-duolari-va-mukofotlari
Chop etilgan vaqti: 14/01/2025 10:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing