O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Ақийда

RADDIYA! ASRLAR OSHA DIYORIMIZ MUSULMONLARI BIR MAZHABGA ERGASHIB KELISHGAN

 
 

Asrlar osha diyorimiz musulmonlari bir mazhabga ergashib kelishgan.

Ammo, hozirgi kunlarda hanafiy mazhabiga ergashib kelayotgan sizu-biz musulmonlarni taqlid qiluvchi gumrohlar deya ayblayotgan toifalar paydo bӯlishgan.

Ularning, mujtahid imomlarga ergashish, ularga taqlid qilish harom va shirk, ularga taqlid qiluvchilar esa gumrohlar deb aytayotgan gaplariga raddiya sifatida quyidagi hujjat va dalillarni keltiramiz.

"Agar bilmaydigan bӯlsangiz, zikr ahllaridan sӯrangiz" (Nahl surasi 43- oyat).

 Huzayfa roziyallohu anhu aytadilar: Biz Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurida ediki. U zot: "Men sizlarning orangizda yana qancha yashashimni bilmayman. Shuning uchun mendan keyin Abu Bakr va Umarga ergashinglar" - deya ishora qildilar (Imom Termiziy rivoyati).

"Majmuatul fatovo" kitobida Shoh Valiyulloh Dehlaviyning quyidagi sӯzlari keltirilgan: "Hindiston va Movarounnahr yurtlarida Shofeiy , Molikiy va Hanbaliy mazhabi tarqalmagan va kitoblari ham yetib kelmagan. Shuning uchun ushbu diyorlarda yashovchi, ijtihod qilish darajasiga yetmagan kishilarga Abu Hanifa mazhabiga ergashishlik vojib bӯladi".

Shunday ekan bemazhablikga chaqirayotgan kimsalarning: "Men qur'on va hadisdan ӯzim hukm olaman" degan, ixtilofni va ummat birligiga rahna soluvchi notӯg‘ri da'volariga quloq solmaylik.

Aksincha, bemazhablikga yuz tutmay, ӯtgan ajdodlarimiz kabi Hanafiy mazhabiga amal qilib va unda sobit turaylik!

Abrorov Jahongirxon manbalar asosida tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 07/01/2022 14:15;   Ko‘rilganligi: 149
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/aqidah/raddiya-asrlar-osha-diyorimiz-musulmonlari-bir-mazhabga-ergashib-kelishgan
Chop etilgan vaqti: 28/05/2022 21:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing