O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

ALLOH SABR QILUVCHILAR BILAN BIRGADIR

 
 

Ma'lumki, butun dunyo xalqlari boshiga tushib turgan og‘ir sinov O‘zbekistonni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Mamlakatimizda tojsimon virus kasalligi bilan og‘rigan fuqarolar soni bugunga kelib 534 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatimizda inson hayoti va salomatligiga xavf soladigan bu kasallikni bartaraf etishning barcha choralari ko‘rilmoqda, imkoniyatlar to‘liq yo‘naltirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining o‘z fuqarolariga nisbatan qanchalik e'tiborli va mehribon ekanliklari hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarda o‘z ifodasini topmoqda. Muhtaram Prezidentimiz kasallikka chalingan ilk bemor aniqlangandan buyon uch marta xalqimizga murojaat qildilar. Jumladan, «Bugungi kunda butun dunyo, butun insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Diagnostika, davolash, karantin ishlarini jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari hamda ilg‘or xorijiy tajribalarga tayanib amalga oshirmoqdamiz. Fursatdan foydalanib, bu kurashning oldingi saflarida chinakam jasorat va matonat ko‘rsatayotgan jonkuyar va oliyjanob shifokorlarimizga chukur minnatdorchilik bildiraman.Yuzaga kelgan vaeiyatni to‘g‘ri tushunib, bizni faol qo‘llab-quvvatlayotgan xalqimizga, aziz yurtdoshlarimga rahmat aytaman»,deb ta'kidlab o‘tdilar o‘z murojaatlarida.

Murojaatdan ham ko‘rinib turibdiki, bu og‘ir sinovni yengib, talofatlarsiz, sog‘-salomat o‘tishimiz  ixlosli va fazilatli xalqimizning  vaziyatni to‘g‘ri tushunib, o‘rnatilgan tartibga, karantin rejimiga, shaxsiy gigiyena talablariga, ijtimoiy masofani saqlashga, zarurut bo‘lmaganda uydan chiqmay o‘tirishlariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

Darhaqiqat, vaziyat hukumatimiz nazoratida, salomatligimiz o‘z qo‘limizda. O‘zimizni, farzandlarimizni, oilamizni, yaqinlarimizni sevsak, o‘rnatilgan karantin tartiblariga qat'iy amal qilaylik, sabrliroq bo‘laylik. Zero, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.

N.Temirova - O‘MI Samarqand viloyati vakilining xotin-qizlar msalalari bo‘yicha maslahatchisi   


Kiritilgan vaqti: 08/04/2020 10:38;   Ko‘rilganligi: 2492
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/alloh-sabr-qiluvchilar-bilan-birgadir
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 16:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing