O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Zarbul masal…

 
 

Qadim o‘tgan zamonda juda ham chanqoq bir qo‘zichoq bo‘lgan ekan. Bir kuni u qo‘zichoq tog‘dagi o‘rmonning yonidan oqib o‘tadigan ariqni oldiga suv ichgani kelibdi. 

Bir payt o‘rmondan bo‘ri chiqib qo‘zichoqning oldiga yaqinlashibdi va biror bahona topib qo‘zichoqni aybdor qilib, uni yemoq niyatida qo‘zichoqqa: “Sen qo‘zichoq suvni loyqalatganing meni oldimgacha bordi. Men esa suv ichayotgan edim. Sen nimaga suvni loyqalatib meni suv ichishimga xalal berayapsan?” debdi. Qo‘zichoq esa hayron qolib bo‘riga: “Men qanday qilib sen ichayotgan suvingni loyqalatishim mumkin. Axir sen yuqorida, suv kelayotgan tomonda eding, men esa pastda suv bu yerga keladigan tomondamanku” debdi. Bo‘ri esa bu bahonasi ish bermagach, boshqa bahona qilib: “Sen hozir menga yolg‘on gapirding va yana o‘tgan yili meni so‘kkan ham eding” debdi. Qo‘zichoqning hayrati yana ham oshib: “Qanday qilib, axir men o‘tgan yili tug‘ilmagan edim. Men endigina olti oylik bo‘ldim xolos” debdi. Bo‘ri: “Unday bo‘lsa meni sening akang so‘kkan bo‘lsa kerak” debdi. Qo‘zichoq: “Mening akam yo‘q” debdi. Bo‘ri: “Unday bo‘lsa meni sening otangmi yoki onangmi so‘kkan bo‘lsa kerak” debdi. Qo‘zichoq: “Men yetimman, mening otam ham onam ham yo‘q” debdi. Bo‘ri turli xil yolg‘onlar bilan qo‘zichoqni aybdor qilishga harakat qilsada, qo‘zichoq bo‘rining yolg‘onlariga ustalik bilan javob qaytarar edi. Nima qilsin bo‘ri axiyri so‘ngi chorasini qo‘lladi. “Unday bo‘lsa meni sening birorta yaqining yoki birorta do‘sting so‘kkan bo‘lsa kerak, demak seni hozir jazolashim kerak” debdida qo‘zichoqni tishlari orasiga qo‘yib, o‘rmonga ko‘tarib kirib ketibdi.

Abdulvosi Ergashev,

TII talabasi


Kiritilgan vaqti: 04/08/2020 18:44;   Ko‘rilganligi: 1429
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/zarbul-masal
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing