O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

YUZLAB KELTIRMOQCHI BO‘LGAN DALILINGIZ ALLOH TAOLONI - MAXLUQLARNI SIFATIDAN POKLIGIGA DALIL BO‘LADI XOLOS

 
 

"ALLOH YUQORIDA" - "ALLOH OLIY ZOTDIR" deganda, "Jihat" nisbatiga ega bo‘lmish: Tepa tomon, yuqori taraf, degan ma'noni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, bilib qo‘yingki, Salaflardan ham Sahobalardan ham, Kitob va Sunnatdan ham dalil topa olmaysiz. Yuzlab keltirmoqchi bo‘lgan dalilingiz ALLOH TAOLONI - maxluqlarni sifatidan POKLIGIGA DALIL BO‘LADI xolos.

Agar, "Alloh yuqorida" degan so‘zdan murod: Alloh barcha maxluqotlardan oliy hamda yuqori desangiz, ya'ni: arabiy tilda: العليّ so‘zni qasd qilsangiz, biz Ahli-sunna va siz bilan (bu masalada) farqimiz yo‘q. Albatta, biz ham Alloh taolo maxluqotlaridan oliy Zotdir, deymiz. Bunga iymon keltiramiz.

Ammo, hozirgi zamonaviy (salafiy) toifadan farqimiz shundaki:

Ular: "Alloh tepa tomonda va Oliy Makonda, Maxluqotlaridan hadd (chegara) bilan farqlanadi", deydilar.

Biz: "Alloh barcha maxluqotdan Oliy Zotdir. Barchasi Allohning mulki va Tasarrufidadir. Alloh maxluqotlarni yaratishidan avval, azalda qay holatda bo‘lsa, hozir ham shundaydir. Chunki, Alloh o‘zgarmaydi, makon bilan sifatlaniaydi", deymiz.

  • Alloh taoloning "Makon" degan sifati yo‘q. Chunki hech qayerda bunday lafz vorid bo‘lmagan.
  • Alloh taolo g‘oya (nihoya) va chegaralardan behojatdir, deb Aqidatu-Tahoviyada aytilgan. Bu so‘z - to‘rt Mazhab va jumhur Axli-sunnaning aqiydasidir.
  • "Alloh taolo Arshning ustidadir" degan so‘z: Allohni makoni arshning tepasi yoki osmonning usti deyilmaydi. Balki, "Maxluqotlarning nihoyasi va eng katta bo‘lmish Arshning egasi Parvardigordir", degan maqsadni anglatadi. Ya'ni: Maxluqotlar olamidan - Oliy bo‘lmish Zotga iltijo qilish, degan murodni anglatadi.

Zayniddin domla Eshonqulov internet manbalari asosida


Kiritilgan vaqti: 19/10/2021 15:09;   Ko‘rilganligi: 690
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/yuzlab-keltirmoqchi-bolgan-dalilingiz-alloh-taoloni-maxluqlarni-sifatidan-pokligiga-dalil-boladi-xolos
Chop etilgan vaqti: 16/04/2024 09:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing