O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Yoshlarni ijtimoiy illatlardan asraylik

 
 

Bugungi kunimizda mobil telefonlar va internet hayotimizga shunday kirib keldiki ularsiz hayotimizni tasavvur qilolmaymiz. Shu bilan birgalikda internetda keng tarqalib borayotgan ijtimoiy tarmoqlar ham rivojlandi. Ko‘pchiligimiz bu tarmoqlardan foydalanamiz bu juda yaxshi albatta, lekin ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ham ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak. Chunki, aynan mana shunday tarmoqlar orqali oilalar buzilib ketyapti, yoshlarimizning tarbiyasi buzilyapti va eng achinarlisi buzuq niyatli g‘alamis kimsalar bu tarmoqlarni qarmoqqa aylantirmoqdalar.

Bugun yoshlarimizni yot g‘oyalardan himoya qilishni maqsad qilar ekanmiz avvalo, ularni axloqiy tarbiyasini, jamiyatdagi har bir insonni haq va hurmatini o‘z joyiga qo‘yishni o‘rgatishimiz lozim.
Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan muloqotlar aslida virtual bo‘lsada, ma'lum odob chegarasi, xududidan chiqib ketmasligi kerak. Juda ko‘p odamlar virtual muloqot deb, haqiqiy voqe'likdan voz kechmoqdalar. Aksar holatlarda ijtimoiy tarmoqlar odamlarni ishdan chalg‘itmoqda, oila tinchligini buzmoqda.
Ular bu ishga shu darajada berilib ketganidan do‘stlari, hatto oilalaridan ham voz kechish holatlari nodir bo‘lmay qoldi. Bugun yer yuzida million-million odam virtual hayot bilan bo‘lib haqiqiy hayotni unutib qo‘ymoqdalar.

Yana bir illat borki, uning natijasida jamiyat parokanda bo‘lib, tarbiya butkul izdan chiqishi mumkin. Bu loqaydlikdir. Loqaydlik – jamiyatdagi bir illat hisoblanadi.

 Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Ota o‘z bolasiga chiroyli odobdan ko‘ra yaxshiroq narsa bera olmaydi”, deganlar (Termiziy rivoyati). Odobli, axloqli farzandgina, avvalo, ota-onaning qadrini ulug‘laydi, xalq va Vatan uchun manfaatli ishlar qiladi. Uning qo‘lidan va tilidan boshqalar zarar ko‘rmaydi.

Shuni ta'kidlash lozimki, yoshlar uchun, eng avvalo, ularning ota-onalari mas'ul hisoblanadilar. Zero, farzandga go‘zal tarbiya berib, uni bilimli inson, jamiyat uchun foydali mutaxassis qilib yetishtirish islom ko‘rsatmalarida o‘z aksini topgan. Shu bois, ota-onalar doimo farzandlarining nima ishlar bilan mashg‘ulligini nazorat qilib, uning maktabdagi o‘qishi, atrofdagilar bilan munosabatlari, qiziqishlari haqida suhbatlashib turishlari tavsiya qilinadi. Buyuk jadid bobomiz Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir. Bugungi po‘rtanali dunyoda tarbiya, ayniqsa muhim va dolzarb masalaga aylangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p o‘tiradigan odamlarning immunitet tizimi buzilmoqda, aqli zaiflik kasaliga mubtalo bo‘lish holatlari sodir bo‘lmoqda.
Hattoki kampyuter oldida kecha kunduz o‘tirib to‘satdan vafot etganlar ham bor.
Internetdan tug‘ri yoki noto‘g‘ri maqsadda foydalanish mumkinligini hammamiz yaxshi bilamiz. Buning natijasida ayrim ilimsiz yoshlar turli saytlarga bilib bilmay kirib o‘z etiqodlariga zarar yetkazmoqdalar.
Qur'oni Karimda bunday insonlarning etiqodini va dunyolarini buzmoqchi bo‘lgan kimsalar xaqida shunday deyilgan:Va yer yuzida buzg‘unchilik qiladigan kimsalardir.ular albatta ziyon ko‘rguvchilardir.

Internetdan yaxshi yoki yomon maqsadda ham foydalanish mumkin,kimdir ilmini oshirish uchun unga kirsa, kimdir esa unda vaqtihushlik uchun va kimdir esa internetdan tuzoq maqsadida foydalanadi.Ha aytishingiz mumkin do‘st topsa so‘zlashsa nimasi yomon deb lekin undagi do‘stlarning ko‘nglidagi niyatini qayerdan bilamiz, bundan tashkari aziz vaqtimizni va mablag‘imizni bo‘lmag‘ur suhbatlarga sarflashdan nima foyda topamiz.

Bugun yoshlarimizni yot g‘oyalardan himoya qilishni maqsad qilar ekanmiz avvalo, ularni axloqiy tarbiyasini, jamiyatdagi har bir insonni haq va hurmatini o‘z joyiga qo‘yishni o‘rgatishimiz lozim.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, hozirgi globallashuv sharoitida yoshlarni turli ma'naviy va mafkuraviy tahdidlardan, zararli illatlardan himoyalash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Buning uchun esa, yoshlarni mafkuraviy jihatdan qurollantirib borish, tahdidlar va tazyiqlar xususida ular xavf tug‘dirmasidan avval ma'lumotga ega bo‘lib borishlariga sharoit yaratish hamda doimo ogohlik, daxldorlik tuyg‘ularini qalblarimizda mujassam etib borishimiz lozim.

Murodov Abdimannon
Bulung‘ur tumani "Olomon" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 14/09/2023 14:32;   Ko‘rilganligi: 682
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/yoshlarni-ijtimoiy-illatlardan-asraylik
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 20:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing