O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

YOSHLARIMIZNI YOT G‘OYALARDAN ASRAYLIK

 
 

Yoshlarimiz kelajak avlodimizni yot g‘oyalardan asrashimiz uchun nima  qilish kerak?... Avvalam bor yot g‘oya nima ekanligini tushuntirabilishimiz kerak. Buning uchun biz ota onalar bu yot g‘oyalarni nima ekanligini bilishimiz kerak biz o‘zimiz nima ekanligini bilmasak unda farzandlarimizga qanday tushuntiramiz.Avvalam bor o‘zimiz yot g‘oyalarni bizni dinimiz urf-odatlarimizga to‘g‘ri kelmasligini yurtimiz olim ulamolaridan o‘rganib bizning Matrudiya ta'limotiga zid ekanligini hamda Hanafiya mazhabida xato ekanligini farzandlarimizga ham tushuntirishimiz lozim.

Bu borada qilinadigan ishlarimizdan ya'na xorijga ketayotgan farzandlarimizdan ham xabordor bo‘lishimiz kerak.Qiladigan ishlarimizdan ya'na hozirgi kunda internet tarmoqlaridan farzanlarimiz to‘g‘ri foydalanyabdimi buni nazorat qilishimiz kerak.

Internitning bejizga “urgamchak turi ” deb aytishmaydi.Urgamchak to‘ri quyosh nurida shunchalar jimjimador va xilma-xil ranglarda toblanadiki inson unga o‘zi bilmagan holda mahliyo bo‘lib qoladi.Nima quyosh nuridan boshqa yerda uni jozibadarligidan asar ham qolmaydi.Shuning uchun o‘zimiz farzandlarimiz ogoh bo‘lishimiz kerakmi.Bir kun kelib bu to‘rlar arqonga aylanib butun vujudimizni chirmab halok qilmasin.

Xulasa qilib aytadigan bo‘lsak har qanday diniy dunyoviy masalalarni tanimagan, bilmagan,  kishilardan so‘ramasligimiz o‘rganmasligimiz shart.

 I.Hazratqulov 

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on "Tavaron" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 22/09/2023 11:10;   Ko‘rilganligi: 614
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/yoshlarimizni-yot-goyalardan-asraylik
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 23:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing