O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

YAGONA MAQSAD!!!

 
 

Alloh taolo O‘z kalomida "Insonlarni va jinlarni faqat o‘zimga ibodat qilishlari uchun yaratdim"deb marhamat qiladi, demak bizlarga shariatimiz qanday holatimizda qaysi ibodatni buyurgan bo‘lsa o‘sha holatimizda ibodatni ado qilishimiz kerak ekan.

Bazida biz ojiz bandalar Allohga qilishimiz kerak bo‘lgan ibodatni vaqtini o‘zimiz belgilab xato qilarkanmiz,

Nafaqaga chiqsam namoz o‘qkiyman, ro‘za tutaman,

Ishlarimni bitirib olsam keyin hajga boraman,

Imoratlarimni qurib bitirsam keyin sadaqa kilaman, ehson chiqaraman, va hakozo.

Chunki inson qilaëtgan har bir ishini ëshligida mukammal bajara olar ekan,

Ulug‘larimiz aytadilar;

"Ëshligingda qilsang toat qarigancha kunikasan,

Qariganda qilsang toat kunikkancha ko‘milasan".

Biz ëshligimizdan ulug‘larimizning pandu-nasihatlariga quloq solib, shariat hukmlariga amal kilib borar ekanmiz, ertangi kunda yani, qariganimizda biz o‘zimizdan o‘zimiz nasihat olib, Allohni "YAGONA MAQSAD" i bo‘lgan ibodatini ado qilib borgan bo‘lamiz.

"Soqol oqi o‘limga peshravdir,

Tiriklik sabzasi uzra qirovdir."

(Alisher Navoiy)

A.O‘tashev Urgut tumani "Alisher Navoiy" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 17/10/2023 14:10;   Ko‘rilganligi: 125
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/yagona-maqsad
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 16:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing