O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Xush kelibsiz ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandga, aziz mehmonlar!

 
 

Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda 16-20 oktyabr kunlari UNWTO – BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi tashkil etiladi. Bosh assambleyaning O‘zbekistonda tashkillashtirilgan bu galgi sessiyasida dunyoning barcha qit'alaridan mehmonlar ishtirok etmoqda.

Shuningdek, mazkur xalqaro yig‘in doirasida xalqaro investitsiya forumi, xalqaro ta'lim forumi, «Eng yaxshi turizm qishloqlari»ni taqdirlash marosimi va qator yalpi sessiyalar, madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.

Global sayyohlik tashkilotining 140 dan ziyod mamlakat vakillari ishtirokida 20 oktyabr kuniga qadar davom etadigan bosh tadbirida davlatimiz rahbari sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

O‘zbekiston yetakchisi turizm sohasi jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoqlaridan biri ekanini qayd etdi. O‘zbekistonda ham mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli va ortga qaytmas islohotlar doirasida turizm tarmog‘ini rivojlantirishga ustuvor e'tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari delegatlarni Samarqandni “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” deb e'lon qilish va tegishli deklaratsiyani qabul qilishni e'lon qildi va shu kuni tegishli bitim imzolanib, sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev huzurida Samarqandga “Butunjahon madaniy turizm poytaxti” maqomini berish to‘g‘risida deklaratsiya hamda Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida bitim qabul qilindi.

Ushbu nufuzli tadbirning O‘zbekistonda o‘tkazilishi dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bo‘lgan e'tiborini yanada kuchaytiradi. Negaki Bosh assambleya tadbirlariga Butunjahon turizm tashkilotiga a'zo barcha davlatlarning ommaviy axborot  vositalari, investorlar tashrif buyurgan bo‘lib, barcha uchun har tomonlama manfaatli bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.

Zero, bu kabi xalqaro sammitlar xalqlarni yanada jipslashtirishi, tinchlini ta'minlanishi, qo‘shnichilik aloqalarini mustaxkamlashga xizmat qiladi.

Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand viloyati bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 17/10/2023 13:57;   Ko‘rilganligi: 126
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/xush-kelibsiz-kohna-va-hamisha-navqiron-samarqandga-aziz-mehmonlar
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 18:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing