O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Xiyonat qilmang!

 
 

Dunyo hayoti va undagi  insonlar uchun berilgan barcha narsalar Alloh taolo tomonidan omonat qilib berilgan. Inson bu borada o‘ta zukkolik va farosat bilan   unga berilgan nasalarga xiyonat qilmasdan hayot kechirishligi talab etiladi.

Alloh taolo marhamat qiladi: «Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan hollaringizda sizlarga ishonib berilgan narsalarga  (ya'ni, dinga va boshqa har qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz!»(Anfol surasi,27).

Janob Payg‘ambarimiz (alayhissalom) ham bu borada o‘zlarining muborak hadislarida marhamat qiladilarki: “Omonatni saqlay olmaydigan kishining imoni, ahdiga vafosizning esa dini yo‘qdir”.

Bu bilan Payg‘ambarimiz (alayhissalom) aytmoqchilar, imon ham mo‘minkishiga berilgan bir omonat narsa. Uni shaytonga boy bermagan holda, avaylab saqlash kerak. Topshirilgan omonatlarni turli ofatlardan saqlay olmaydigan kishi o‘z imonini ham, albatta, saqlay olmaydi. Ahdu paymoniga vafo qilmaydigan, yolg‘onchi, aldamchi kishilarda din ham qaror topmaydi, demochilar. Omonatlarni yaxshi saqlay olmaslikdan barcha jinoyat va ko‘ngilsizliklar kelib chiqadi. Insonlar bir-birlaridagi haq-huquqlarini yaxshi bilmasliklari yoki bilsalar ham unga to‘la rioya qilmasliklaridan murosasizlik, urush janjal va mushkul muammolar vujudga keladi.

Masalan, birovning sha'niga aytilgan noto‘g‘ri so‘z. Uning haqligini bilib turib, biror dunyoviy g‘araz bilan, uning ziddiga noto‘g‘ri guvohlik berish, uning sha'niga botil bo‘htonlar to‘qishlik-bu ayni xiyonat hisoblanadi.

Bir kuni bir odam Hasan Basriydan: Shayton uxlaydimi ?,-deb so‘radi. Hasan Basriy bu gapga kulib, bunday javob berdi: Qaniydi shayton uxlasa, biz ham dam olar edik. Modomiki shunday ekan, mo‘min kishi uchun undan qutulish yo‘q.

So‘ngi paytlarda Davlat tomonidan o‘ziga ishonib topshirib qo‘yilgan korxona yoki tashilotlardagi xizmatlarida bo‘lgan ba'zi bir insonlar shaytonning xiylasiga uchub. Shaxsiy manfaat va bemehnat daromad orttirish maqsadida ba'zi ishchi va xizmatchilar o‘z mansablaridan yoki qo‘llaridagi xalq boyligidan noto‘g‘ri foydalanib, ko‘r-ko‘rona suiiste'molga o‘tib qolmoqdalar. Bularning hammasi ham mas'uliyatiga va zimmasidagi omonatga xiyonat qilish demakdir.

Ming yillardan buyon butun dunyoda “Hujjatul Islom” unvoni bilan ulug‘lanib kelgan Imom Abu Homid G‘azzoliy o‘z asarlarida quyidagi misralarni keltirgan:

Xiyonatga  ko‘z yumishni qilsang odat,   

O‘zingdan ham ko‘z yumadi baxt-saodat.

Musibatlar kutar seni tog‘day og‘ir- 

 Ahdin buzgan o‘nglanolmas butun umur. (Mukoshafatul qulub)

Payg‘ambarimiz (alayhissalom) dedilar: Mumin xiyonatsiz va yolg‘onsiz go‘zal fe'l-atvorga ega bo‘ladi, ishlarida xiyonat va yolg‘on bo‘lmasligi kerak, degan ilohiy nizomga itoat etadi.

“Ey Allohim bizga marhamating ila muomala qilgin va barchamizni afv aylagin va omonatdorlardan qilgin”.

 Ibragimov Husniddin Urgut tuman Yoqub Oxun masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 17/07/2020 12:14;   Ko‘rilganligi: 3223
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/xiyonat-qilmang
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 16:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing