O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Xayo iymonda bir bo‘lakdir

 
 

Hayo so‘zi lug‘atda uyatsizlikning teskarisini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda «Hayo aybdan va yomonlanishdan qo‘rqib o‘zini past olish va o‘zgarishdir».

Xayo 3 xil bo‘lladi.

Birinchisi; Kishi ollahdan xayo qiladi.

Ikkinchisi; Kishi odamlardan xayo qiladi

Uchunchisi; Kishi o‘zidan-o‘zi xayo qiladi.

1.Ollohdan bo‘lgan xayo - kishi u zotni buyurgan ishlarini qilishi, qaytargan ishlardan qaytishi, demakdir. Olloh buyrug‘ini qilmasdan, qaytarilgan ishlardan qaytmasdan, “Bizlar ham ollohdan qo‘rqamiz” diydiganlar yolg‘onchi kazzob bo‘ladi.

2.Kishilardan bo‘ladigan xayo – kishilardan uyalib qilmaydigan bo‘lsa yoki odamlardan uyalib yaxshi ishlarni qiladigan bo‘lsa, bu xayo insonlar uchun bo‘lgan xayo diyiladi.

3. Kishini o‘zidan-o‘zi xayo qilishidir, ya'ni kishi yolg‘iz qolganda gunohni uyalib qilmasdan, yoki yaxshilikni o‘zidan uyalib qilishi, kishini o‘zidan-o‘zi xayo qilishidir, bu inson xayo qilishidir.

Shuning uchun Payg‘anbarimiz S.A.V o‘z hadislarida: “Xayo iymondandir” dedilar, Boshqa hadislarida “Xayo iymonda bir bo‘lakdir” dedilar.

Hayoning foydalaridan

  1. Hayo iymon xislatidandir.
    2. Hayo Islom go‘zalligidandir.
    3. Hayo Alloh taolodan xijolat bo‘lib ma'siyatni tark qilishdir.
    4. Hayo Alloh taologa muhabbat qilib, toatga berilishdir.
    5. Hayo bu dunyo va oxirat sharmandaligidan uzoqlashtiradi.
    6. Hayo iymon sho‘balarining aslidir.
    7. Hayo o‘z egasini viqorli qiladi.
    8. Hayo anbiyolar, sahobalar, tobe'inlar va avliyolarning sifatidir.
    9. Hayo Alloh taoloning va odamlarning muhabbatiga sazovor qiladi.

Bas, har bir banda hayoli bo‘lish harakatida bo‘lsin.

 Sh.Umarov Kattaqo‘rg‘on tuman  “Xalfa Xudayberdi” jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 13/06/2022 10:57;   Ko‘rilganligi: 1044
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/xayo-iymonda-bir-bolakdir
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 03:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing