XALIFANING XATI
"Menkim, Alloh Rasulining xalifasi Abu Bakr Siddiq davlat xazinasidan men uchun ajratilgan maoshlarni olishga hayo qildim. Umuman ishlatmadim. Chunki mening maqomim tablig‘ni (dinu diyonatga, hidoyatga odamlarni da'vat etish ishlarini) hech kanday evazsiz, mutlaq Alloh roziligi uchun bajarib kelgan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tabarruk maqomlari edi. Butunlay o‘zimning mehnatim bilan yashadim. O‘zimdan keyingi xalifaga taslim etish uchun barcha maoshimni shu qutiga yig‘ib qo‘ydim. Davlatimiz xazinasiga topshirilsin..."
Bu gaplarni o‘qigan yangi xalifa hazrat Umar roziyallohu anhu ichidan to‘lib kelgan yig‘idan o‘zini to‘sa olmay yerga o‘tirib qoldi. Keyin yaqindagina bu foniy dunyoni tark qilgan qiyomatli do‘sti, dindoshi hazrat Abu Bakrga xayolan murojaat etib "Qanday buyuk insonsan, ey Abu Bakr! Hayotligingda sendan o‘zib ketishimga hech qanday imkoniyat bermasding. Vafotingdan keyin ham bunga fursat qoldirmabsan. Qanday buyuksan, ey Abu Bakr!" deb ko‘z yoshlarini artdi. O‘zi bizni isloh qilsin!
"Asharai mubashshara"dan.
Xayrulloh domla Sattarov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari
Kiritilgan vaqti: 03/06/2022 07:22; Ko‘rilganligi: 691
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:53