O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

VATAN O‘RNINI HECh NARSA BOSA OLMAYDI!

 
 

Hech narsani Vatanga almashtirib bo‘lmaydi. Vatan biz ulg‘aygan, kamolga yetgan makon hisoblanadi. Shu bois uni himoya qilish burchimiz hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalarga: “Sizlarni Alloh xatolarni uchiradigan, darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilayinmi?” dedilar. Ular: “Albatta, yey Allohning Rasuli”, deyishdi. U zot: “Qiyinchiliklarga qaramay, yaxshilab tahorat olib, masjidlarga uzoq yo‘ldan borish va namozdan so‘ng (keyingi) namozni intizor bo‘lib kutish. Ana o‘sha siz uchun “murobitlik”dir”, dedilar» (Imom Muslim, Imom Termiziy va Imom Nasoiylar rivoyati).

Islomda musulmonlarni dushmanlar hujumidan himoya qilish uchun shay bo‘lib, chegarani qo‘riqlab turgan odam “murobit” deyiladi. Hadisda mazkur amallarni ado yetish uchun havoyi nafslarini jilovlab turganlari sababidan “murobit” deb atalmoqda. Ular ham chegarada vatan himoyasiga shay turgan murobitga o‘xshatilmoqda.

Demak, “murobit”, ya'ni, mo‘minlarni himoyasi uchun chegarada turgan kishilarning xatolari kechiriladi va darajalari ko‘tariladi. Qolaversa, bu amalning qiymati va fazilati ulug‘ligidan “Qiyinchiliklarga qaramay, yaxshilab tahorat olib, masjidlarga uzoq yo‘ldan borish va namozdan so‘ng (keyingi) namozni intizor bo‘lib kutish”ning savobi ham aynan ushbu amalga beriladigan ajrlarga tenglashtirilmoqda.

Shunday yekan, har bir musulmon kishi o‘zi yashab turgan yurt himoyasi uchun, mo‘minlarning xotirjamligi uchun hissa qo‘shishi lozim.

Faxriddin HUSENOV,
Samarqand shahar "Murod Avliyo" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 21/09/2023 10:29;   Ko‘rilganligi: 629
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/vatan-ornini-hech-narsa-bosa-olmaydi
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 10:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing