O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Vaqtni qadrlash, undan unumli foydalanish aql ustiga bino qilingan dinimizning talabidir.

 
 

Odatda nonning butuni emas, ushog‘i ko‘p uvol bo‘ladi. Odamlar vaqting ham soniya va daqiqalarini ko‘p isrof qiladilar, yillarni emas. Ammo soatlar, kunlar, xaftalar, oylar, yillar o‘sha soniyalar va daqiqalardan tashkil topadi-ku!

Vaqt zimmamizdagi ulkan g‘animatlardan biridir. Berilgan ne'matlarni o‘rnida ishlatishga buyurilganimizdek umrni dinimiz amrlariga muofiq tasarruf qilishga mas'ulmiz. Vaqtning xaqiyqiy egasi Alloh taolodir. “Kecha va kunduz (miqdori) ni belgilar…” (muzzammil 20).

G‘aflat ahli doimo aybni o‘zidan emas, balki zamona nobopligidan, muhit yomonligidan qidiradi, shikoyat qilishdan nariga o‘tolmaydi. Zamonni so‘kish bundaylar uchun ermakka aylanib qoladi. Holbuki, ayb o‘zimizda, zamonni ayblashga haqqimiz yo‘q. Alloh taolo qiyomatda qaysi asrda dunyoga kelganimiz xususida savolga tutmaydi. Balki biz yashagan zamon imkonlari doirasida umrimizni qanday o‘tkazganimiz xaqida so‘raydi.

Vaqtning barakasizligidan, zamon nobopligidan shikoyat qiluvchilar, biror hayrli ish qilishga vaqt topolmayotganlarning arzu dodida faqat bir narsani kuzatish mumkin, u xam bo‘lsa, g‘aflat va zalolat.

Demak, bizning vazifamiz umrdan unumli foydalanish. Soniyaning xaqqini berolmagan daqiqaning ham haqqini berolmaydi. Vaqtning uzun yoki qisqa bo‘lishi kishining tasavvuri va shahsiy qarashi, undan unumli foydalanishi yoki behuda isrof qilishga bog‘liqdir.

Qur'oni karimda bir kunning ellik ming yilga (Maorij 4), ba'zan esa ming yilga (Haj,47)haqida xabarlar bor. Uch yuz yil g‘orda uxlagan As'hobi Kahf uyg‘ongach, bir kun yoki yarim kun uxladik, deb o‘ylashadi. “O‘zaro savol-javob qilishlari uchun ularni shu tarzda uyg‘otdik. Ulardan biri dedi: “Qancha (uhlab) turdingiz?” Ular(ning ayrimlari ): “Bir kun yoki yarim kun”, dedilar ” (Kahf 19).

Aslida biror narsa qancha ko‘p bo‘lsa, qadr-qiymatini ham shuncha tez yo‘qotadi. Ammo vaqt unday emas, u qadrsizlanmaydi. Yuz yil qancha qimmatbaxo bo‘lsa, bir daqiqa qadri ham undan kam emas. Vaqt xuddi suv misolidir. Inson qalbi yo‘lchi yulduz kabi doimo porlpb tursin deydi.

Inson doim o‘tgan kunlarni sog‘inib, kelajak haqida orzu qilish bilan ovora bo‘lmasdan, balki hozirgi, qo‘lidagi soniya, daqiqa va soatlarning qadriga yetmog‘i lozim.

Abrorov Jahongirxon
Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmat xodimi


Kiritilgan vaqti: 06/09/2023 16:16;   Ko‘rilganligi: 772
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/vaqtni-qadrlash-undan-unumli-foydalanish-aql-ustiga-bino-qilingan-dinimizning-talabidir
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 02:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing