O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Vaqt - hayot demakdir

 
 

Alloh taolo insonni barcha mavjudotlardan akl, nutq va tafakkur bilan afzal qildi. Inson hayotiga zarur bo‘lgan barcha narsalarni, shujumladan uning umrini, vaqtini belgilab kuydi. Bu haqda Alloh taolo Kur'oni karimda xabar berib, shunday deydi:

"Albatta, Biz har bir narsani o‘lchov bilan yaratdik” (“Kamar" surasi, 49-oyat).

Shunga binoan xarbir inson o‘ziga berilgan umrdan unumli foydalanishga intilishi lozim. Bu borada o‘tgan salafu solihlar, buyuk olimlarimiz vaktdan unumli foydalanish va uning bir soniyasini ham isrof qilmaslikni nasihat qilib ketganlar. Zero, ular inson uchun berilgan vaqtni chegarali va qiymati yuqori ekanini yaxshi bilishgan va buni bir lahza ham nazardan chetda qoldirmaganlar.

Umr insoniyatga berilgan eng bebaho nematdir. Insonning yaralishi, hayot kechirishi va oxir-okibat dunëdan oxirat sari rihlat etishi Alloh tomonidan joriy qilib qo‘yilgan o‘zgarmas qonundir. "Xo‘sh, insonga umr o‘zi nima uchun beriladi? Inson bu umrda nimalar qilishi kerak?" degan savollar tug‘ilishi tabiiydir. Ushbu savollarga javoban Alloh taolo Kur'oni karimning "Mulk" surasida bunday marhamat qiladi:

"U (Alloh), sizlarning qay biringiz yaxshiroq amal qilishingizni sinash uchun o‘lim va hayotni yaratgan Zotdir". Mazkur oyati karimadan inson umri bekorga berilmagani, uni behuda ishlar, bekor chilik, dangasalik va tamballik bilan o‘tkazish uchun emas, balki xayrli amallar, foydali ishlar, elu yurtga manfaat keltiradigan hamda oxirat uchun zaxira bo‘ladigan buyuk ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qimmatli fursat ekani oydinlashadi. Yuqorida aytganimizdek, inson umri o‘lchovli. U ma'lum yillar, ma'lum oylar, kunlar, soatlar, daqiqalar, boringki ma'lum lahzalardan iborat. Shunday ekan, o‘tayotgan har bir onimizning qadriga yetmasak, vaqt xamisha bizning zararimizga ishlaydi. Mashhur tobeinlardan Hasan Basriy xazratlari: "Ey odam bolasi, sen malum kunlardan iboratdirsan. Sen uchun bir kuning ketishi bir qisming, bir bo‘laging ketishi demakdir", degan ekanlar. Vaqtning bebaholigi musulmonlar hayotidagi eng ahamiyatli narsalardan biridir. Vaqt - hayot demakdir. O‘tayotgan har daqiqayu soniya, soat, kun inson umrining xatosiz o‘lchovidir. Vaqt shunday mablag‘ki, uni ertangi kunga g‘amlab qo‘yish mumkin emas. Agar inson biror narsaning qiymati va muhimligini bilsa, o‘sha narsaga qattik e'tibor berib, uni behuda yo‘qotmaslikka harakat kiladi. Vaqt kishi imkoniyatidagi eng qadrli narsadir. Alloh taoloning Kalomida ham vaqtning qadrli va qimmatbaho narsa ekaniga ko‘plab ishoralar kelgan. Jumladan, Alloh taolo bir necha suralarda vaqtning ajralmas bo‘laklari bo‘lmish tong, choshgoh va tunga qasam ichadi. Shu o‘rinda ulamolar vaqtga qanday ahamiyat berganlari insonni hayratga soladi. Ulug‘ tobeinlardan Hasan Basriy rahimahulloh: "Men shunday qavmlarni ko‘rdimki, sizlar dirham va dinorlaringizni qizg‘anganingizdek, ular vaqtlariga qizg‘anchiq edilar". Yana bir buyuk tobeinlardan Omir ibn Qays rahimahulloh aytadi: "Bir kishi unga "Kel, gaplashib o‘tiramiz", dedi. Shunda Omir ibn Qays: "Quyoshni to‘xtatib quy", dedi (ya'ni "sen bilan gaplashib o‘tirishim va vaqt o‘tmasligi uchun vaqtni to‘xtatib qo‘ysang, shundagina sen bilan gaplashib o‘tirishim mumkin", dedi). Chunki vaqt o‘tkinchi, uni hargiz ortga qaytarib bo‘lmaydi. Umar ibn Abdulaziz: "Kecha va kunduz senda amal qilmoqda, bas, sen xam ularda amal qilgin", deganlar. O‘tgan salafu solihlar kundan-kunga yaxshilik va amali solihda taraqqiy etardi, bugungi kuni kechagisidan imonni mustahkamligida va solih amallarni ko‘pligida ziyoda bo‘lardi.

Vaqtni zoye qilish o‘limdan ham og‘irroq. Chunki vaqtni zoye etish bandani Allohga solih amallar orqali yaqinlashishdan va oxiratingni obod qilishdan to‘sadi. O‘lim esa bandani dunë va uning ahlidan to‘sadi.

Vaqt suvga o‘xshaydi, agar kishi uni ichmasa, u kishini yutib yuboradi va g‘arq qiladi.

Temirov Hasan manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 09/06/2022 08:56;   Ko‘rilganligi: 3768
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/vaqt-hayot-demakdir
Chop etilgan vaqti: 02/10/2025 15:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing