O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Vahobiylar boshlig‘i Ibn Abdulvahhobning takfirchiligi

 
 

Takfir – musulmonlarni kofirga chiqarish shariatda qoralangan ish bo‘lib, ahli sunnat va jamoatdan og‘ishgan toifalarning barchasi o‘zlaridan boshqalarni kofirga chiqarish bilan tanilganlar. Ana shunday toifalardan biri Ibn Abdulvahhob (m. 1703-1792 y.) tomonidan boshlab berilgan “vahhobiylik” oqimi hisoblanadi. Uning boshlig‘i avvalboshdanoq takfirchi ekanligi bilan tanilgan edi.

Hanbaliylar muftiysi Muhammad ibn Abdulloh ibn Humayd an-Najdiy (vaf. 1878) o‘zining “as-Suhub al-vobila 'ala zaroih al-hanobila” nomli asarining 276-sahifasida bunday deganlar:

“Unga (ya'ni, Ibn Abdulvahhobga) biror kimsa raddiya qilib, qilmishlarini ochib tashlasa, uni ochiqchasiga o‘ldira olmasa, uni to‘shagida yoki bozorda tunda o‘ldirib ketadigan kimsalarni yuborar edi. Uni bu o‘ziga qarshi chiqqanlarni kofirga chiqarganligi va o‘ldirishni halol sanagani uchun qilardi”.

Makkai mukarramad shofe'iylar muftiysi, mudarrislar raisi bo‘lgan Ahmad Zayniy Dahlon esa “ad-Durar as-saniyya fi-r-raddi 'ala-l-vahhobiyya” asarida bunday yozib qoldirganlar:

“Ibn Abdulvahhob bunday der edi: “Men sizlarni tavhidga va Allohga shirk keltirmaslikka da'vat qilaman. Yetti osmon ostidagi barcha odamlar mutlaqo mushrikdirlar! Kimki biror mushrikni o‘ldirsa, unga jannat bo‘lsin!”.

Ibn Abdulvahhob va unga ergashganlar o‘z vaqtida jami musulmonlarni kofirga chiqarganlar, qonlari va mollarini halol sanaganlar. Ahmad Zayniy Dahlon “Umaro al-balad al-harom” nomli asarining 297-298 sahifalarida quyidagilarni aytganlar:

“Vahhobiylar Toif shahriga kirib kelganlarida odamlarni qatliom qilganlar. Kattayu kichik, ma'mur-u amir, oqsuyak va oddiy insonlarni o‘ldiraverganlar. Onaning qo‘ynidagi sut emayotgan yosh go‘dakni so‘yib tashlaganlar. Odamlarni uylarida, hovlilarida o‘ldirganlar, Qur'on darsini qilib o‘tirgan jamoani ko‘rib, ularni ham o‘ldirib yuboraverganlar. So‘ngra masjidga kirib, masjidda ruku' qiluvchi va sajda qiluvchilarni ham o‘ldirganlar. Mol-dunyolarni talaganlar. Hatto oyoqlari bilan mus'haflarni bosqilaganlar, “Sahihi Buxoriy” va “Sahihi Muslim” singari hadis, fiqh nahv kitolarini ham toptaganlar. Musulmonlarning mollarini olib, xuddi kofirlardan olinadigan g‘animatlar singari taqsimlaganlar”.

Takfir – musulmonlarni kofirga chiqarish bugungi kunning eng katta balolaridan biridir. Vahobiylarning boshlig‘i Ibn Abdulvahhob bu ishni o‘z toifasiga boshlab bergan kimsa hisoblanadi.

manba: ahlisunna.uz

O‘
MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 04/06/2021 16:26;   Ko‘rilganligi: 35
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/vahobiylar-boshligi-ibn-abdulvahhobning-takfirchiligi
Chop etilgan vaqti: 26/07/2021 06:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing