Turkiston islom harakati.
Tashkilot nomi. “Turkiston islom harakati” (Sobiq “O‘zbekiston islom harakati”) diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilot.
Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. Ushbu tashkilot 1996 yilda “O‘zbekiston islom harakati” nomi ostida tashkil etilgan. Haraktni shakillantirishda 1992-1993 yillarda O‘zbekistonda faoliyati ta'qiqlangan “Adolat uyushmasi” (Namangan), “Islom uyg‘onish partiyasi” (1990 yil Astraxanda asos solinib, 1991 yil yanvaridan O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatgan) “Odamiylik va insonparvarlik” (Qo‘qon), “Turkiston islom partiyasi”, “Islom lashkarlari” (Namangan) kabi diniy ekstremistik guruhlarning sobiq faollari ishtirok etgan.
Tashkilot g‘oyalari va asoslari. Tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo hududida “Buyuk islom xalifaligi”ni tuzish, unda musulmonlar yashaydigan Kavkaz va Rossiya Federatsiyasining Volga bo‘yi respublikalarini qamrab olishdan iborat.
Harakat strategiyasi. Tashkilot o‘z maqsadiga erishish uchun qo‘paruvchilik va terrorchilik haraktlarni amalga oshirish, harbiy harakatlar uyushtirish, odamlarni garovga olish orqali mintaqadagi ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish kabi vositalardan foydalanadi.
“Turkiston islom harakati” so‘ngi yillarda talofatlar, strukturaviy o‘zgarishlar, rahbar a'zolar orasidagi yo‘qotishlarga duch keldi. Hozirda g‘oyaviy targ‘ibot kuchaytirilib, bosma va elektron nashrlar tarqatilishiga katta urg‘u berilmoqda. . (davomi bor)
O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov tayyorladi
Kiritilgan vaqti: 21/08/2020 11:57; Ko‘rilganligi: 4632
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 13:09





















