O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

To‘rt fiqhiy mazhab musulmon ummatining ijmosi

 
 

Fiqhiy masalalar bo‘yicha mashhur, ma'ruf va mo‘tabar bo‘lgan to‘rt mazhab Hanafiy, Shofe'iy, Molikiy va Hanbaliy mazhablari haq ekaniga, ularga ergashish zarurligiga musulmon ummati ijmo qilgan. Ushbu haqiqatni quruq gap emasligini takidlash uchun bu borada barcha ma'lmotlar kitoblarda jamlangan. Bu to‘rtala mazhab boshilar mazhablarni tuzishda birinchi o‘rinda qur'onni, ikkinchi hadisni, uchinchi sahobalarni gaplarini undan keyin qiyos va istehsonga ergashganlar. Ming afsuslar bo‘lsinki hozirgi kunda bizga mazhab kerakmas, biz o‘zimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri dinga amal qilib ketaveramiz deydigan mazhabsizlar paydo bo‘lib, bugungi kunda turli xil ixtiloflarga, hattoki urush qon to‘kishlarga sabab bo‘lmoqda. Vaholanki, ulamolarimiz fiqhiy mazhablarga amal qilish ayniqsa bugungi kunda yanada ahamiyatli ekanini takidlamoqdalar. Chunki fiqhiy mazhabga amal qilish hozirda mavjud bo‘lgan turli ixtiloflar va kelishmovchiliklarning oldini olib, har-bir kishi o‘z mazhabiga amal qilgan holda boshqa mazhablarni ham hurmatlashiga sabab bo‘ladi.

Fiqhiy mazhablar haqida bizlardan avvalgilar, ularning musulmon ummati birligi uchun tutgan yo‘llari qanchalar ahamiyatli bo‘lganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Alloh taolo qur'oni karimda “firqaga bo‘linmanglar” deb marhamat qilgan. Endi bir o‘ylab ko‘raylik mazhablar bo‘lmaganda nima bo‘lardi. Har kim o‘zicha qur'on oyatlarini tarjima qilsa, hadislarni o‘zicha talqin qilsa butun islom ummatining boshi ixtilofdan chiqmay qolar edi. Bilingki ushbu to‘rt mazhabni ushlashda katta foyda bor va ulardan voz kechishda katta fasod va buzg‘unchiliklar bordir. Misol qilib aytsak bu ummat shari'atni tanishda o‘tgan olimlarga suyanishga ijmo qilib kelganlar. Demak tobe'inlar sahobalarga suyangan, taba'a-tobe'inlar tobe'inlarga suyanganlar. Shuningdek har bir tabaqadagi olimlar o‘zlaridan oldingilarga suyanganlar. Shunday ekan hozirgi kunda bizlar ham albatta mazhab boshilarning tuzib qoldirgan yo‘llariga ergashishimiz vojib bo‘ladi.

Rahimov Ismatullo Kattaqo‘rg‘on tumani “Xo‘ja Ibraxim ota” masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 03/06/2020 07:49;   Ko‘rilganligi: 1862
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/tort-fiqhiy-mazhab-musulmon-ummatining-ijmosi
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 10:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing