TINCHLIK QADRI ULUG‘ NE'MAT
Inson dunyoga kelibdiki, baxtga, yaxshiliklarga intilib yashaydi. Saodatli bo‘lib hayot kechirishni orzu qiladi. Unga yetishish yo‘llarini izlaydi. Albatta bu ne'matga o‘z-o‘zidan erishilmaydi. Xalqimiz azaldan baxt deganda tinchlik, xotirjamlik, sihat-salomatlik, farzandlar kamoli, el-yurt oldida yuzi yorug‘lik kabilarni asosiy mezon sifatida bilgan.
Har bir odamning baxti, eng avvalo Yaratganning inoyati, o‘zining mehnati vaintilishlari bilan bog‘liq. Lekin shuni unutmaslik zarurki, inson xalqdan, jamiyatdan, Vatandan ayro holda baxtli bo‘la olmaydi. Tinchlik osoyishtalik qo‘lga kiritayotgan yutuqlarimizning bosh mezoni, erishayotgan marralarimiz farzandlarimiz baxti va kamolining asosidir.
Tinchlik shukuhi hukumron bo‘lmasa, insonga bu dunyoda hech bir narsaning, jamiyatdagi huzur-halovatning qadri kolmaydi. Xotirjamlik yo‘q joyda taraqqiyot ham, rizq-ruz ham bo‘lmaydi. Kelajak ertangi kun haqida orzu-umid ham, baxt ham, osudalik ham hayolga aylanadi. Shu bois tinchlik taraqqiyotning bosh omili, erishayotgan barcha mavafaqiyatlarimizning kalitidir.
Xo‘sh tinchlik shunday totli ne'mat ekan, unga qanday erishiladi yoki tinchlik qanday muhofaza etiladi. Osoyishtalik insonlarning bir-biriga hadya etadigan tuhfasi bo‘lsa ekan, osongina qo‘lga kiritilsa. Tinchlik ne'mati uchun nafaqat Yaratganga duo va iltijolarni ko‘paytirish, balki kurashish ham kerakligini hayotning o‘zi ko‘rsatib bermoqda.
Bugun dunyoga nazar tashlaylik. Arim uzoq yaqin mamlakatlarda bo‘layotgan notinchliklar, o‘zaro nizolar o‘sha mamlakatning aholisiga nima berdi, kimning yechilmagan muammosini yechdi, kimni murodiga yetkazdi? Aksincha minglab odamlarning umriga zomin bo‘ldi. Yana kimdir boshpana izlab o‘zga yurtlarda sarson sargardon.
Demak, inson Yaratganning roziligiga ham, o‘zining baxtu-iqboliga ham shukrona va ogohlik orqali erishar ekan. Hamma holatda ham, har bir inson shukrona qilib yurishi lozim.
Xakkulov Muzrof Samarqand tumani "Xo‘ja Abdu Berun" jome masjidi noib-imomi
Kiritilgan vaqti: 28/09/2023 14:12; Ko‘rilganligi: 1861
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:56