O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

TAHAJJUD

 
 

Xufton namozini o‘qib, biroz orom olgandan keyin o‘qiladigan namoz tahajjud namozi, deyiladi. Tahajjud namozini bomdod vaqti kirgunicha o‘qisa bo‘ladi. Kechaning oxirgi uchdan bir qismida o‘qimoq afzaldir. Nafl namozlarining eng afzali tahajjud hisoblanadi.

Bu borada Payg‘ambarimiz shunday deganlar: «Tungi namozda bardavom bo‘ling. Chunki u sizlardan oldingi mo‘tabar zotlarning odati edi. Tungi sajda insonni Allohga yaqinlashtirib, yo‘l qo‘ygan gunohlaridan forig‘ qiladi, ko‘plab kasalliklardan qutqaradi va gunohu ma'siyat ishlardan qaytaradi» (Imom Termiziy rivoyati).

Tahajjud o‘qish uchun uxlab turish shart qilingan emas. Uxlashdan avval ham o‘qish mumkin.

Imom Tabaroniy marfu holda qilgan rivoyatda «Qo‘y sog‘ish vaqtichalik bo‘lsa ham tunda namoz o‘qish kerak. Xuftondan keyin o‘qilgan namoz tunggi namoz hisoblanadi», deyilgan. Bu rivoyat sunnat bo‘lgan tahajjudni xufton namozidan keyin uxlashdan avval nafl namoz o‘qish bilan ado bo‘lishini ifodalaydi. (Bahrur roiq). Ammo kechaning oxirida o‘qish afzal hisoblanadi.

Rustamov Bekzod Pastdarg‘om tumani "Norqul bobo" jome masjidi imom-xatib 


Kiritilgan vaqti: 09/10/2023 15:59;   Ko‘rilganligi: 1904
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/tahajjud
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 23:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing