O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

TAFAKKUR

 
 

Yunus alayhis salom qissasini o‘qib u haqida fikrga cho‘mdim. Aqlidan oldin qalbi bilan anglaydiganlar uchun ajoyib bir qissa.
U zotni kit yutib yuborgach bu baloyi azim u zotga qaysi tirqish orqali kirganini qidirdi. Xatoni anglab yetgach darrov Robbiga tavba va istig‘for aytdi:
"Sendan o‘zga iloh yo‘q, Sen poksan. Men zolimlardan bo‘ldim".

Qizig‘i shuki, u zotga musibat yetishi bilan sababni o‘zgalardan emas, o‘zidan qidirdi. To‘g‘ri, u zot payg‘ambar, u zot ma'sum. Ma'sumlik pardasi sababidan gunoh qilmagan. Ammo avlo(eng yaxshi)ning xilofini qilib qo‘ygan. Allohning dinini rashk qilgani uchun qavmi u zotni yolg‘onchiga chiqargach, ularga Allohdan azob so‘ragan. Yunus alayhis salom qilgan xatolarini aniqlagach, tezlik bilan qaytgan, tavba qilgan.

Do‘stim! Gohida Alloh bizni O‘ziga qaytarish uchun musibatga duchor qiladi. Agar banda bu maqsadni yaxshi anglaganida o‘zini qalbidan tortib bo‘lsada Allohga qaytar edi.
Ehtimol banda Allohdan uzoqlashishni istar. Ammo Alloh buni istamaydi. Bandasini O‘zidan uzoqlashishiga rozi bo‘lmaydi.
Mana shu birgina sabab uchun abadiy sajdadan bosh ko‘tarmasligimizga Allohimiz munosib!
E'tibor bering, faqir uzoqlashmoqchi bo‘ladi. Boy bo‘lmish Alloh uni o‘ziga yaqinlashtiradi. Muhtoj uzoqlashmoqchi bo‘ladi. Behojat Zot uni O‘zi tomon tortadi. Zaif qochmoqchi bo‘ladi. Kuchli Zot uni ushlab qoladi. Agar banda bu ma'noni anglaganida Robbiga bo‘lgan ishqdan qalbi to‘lib toshar edi. Undan uzoqlashganidan ming xijolat bo‘lgan bo‘lar edi!

Urgut tumani "Urgut markaziy" masjidi xodimi A.Polvonov


Kiritilgan vaqti: 06/11/2021 06:31;   Ko‘rilganligi: 1258
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/tafakkur
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 03:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing