O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Shu bilan kifoyalanamizmi?

 
 

Bir kishi mendan so‘radi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kim “Laa ilaaha illalloh” deb aytsa Jannatga kiradi”, degan gaplari tasdiqi o‘laroq bizning yo‘limiz Jannat tomon emasmi?”.

Keyin unga e'tibor bilan qaradim. Orzu-umidlari va qilayotgan amallariga qarasam, bir-biridan ancha uzoq. Dindan faqatgina o‘zining dangasaligiga kifoya qiladiganini biladi xolos. Oyati karimadan esa “Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘nta shunga o‘xshagani bo‘ladi” oyatini o‘qiydi. Maqsad esa olqishlar va mo‘l-ko‘l foyda olish(!).

Keyin unga aytdim: “Sen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan faqatgina shunisini bilasanmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu hadisning yonida yana “Jannatga tuhmatchi kirmaydi” deganlar.

“Jannatga silayi rahmni uzuvchi kirmaydi” deganlar.

“Jannatga qalbida zarra miqdoricha kibri bo‘lgan inson kirmaydi” deganlar.

“Bizga tovlamachilik qilgan bizdan emas” deganlar.

“Yuzlarini timtalab, yoqalarini yirtib johiliyat ishlarini da'vo qiladigan bizdan emas” deganlar.

“Biror kishining ayolini buzgan (xorlagan) kishi bizdan emas” deganlar.

“Kattalarimizni hurmat qilmagan, kichiklarimizga rahm qilmagan va olimlarimizni haqqini bilmagan bizdan emas” deganlar…

Mana bu sunnatlarni unitdingmi? Ushbu sunnatlar sening bo‘yningga qilish zarur bo‘lgan ishlarni yuklaydi-da! Hech mashaqqat chekmasdan, o‘zing o‘ylaganingdek Jannat seniki bo‘ladi deb o‘ylama! Sen uni tekinga olmoqchimisan?”.

Egoistlar o‘zlarining zaif va botil fikrlarini oyatlarni o‘zgartirish va kalimalarning o‘rnini almashtirish ustiga quradilar. Hech narsa qilmasdan savobga ega chiqamiz deb o‘ylaydilar. Ko‘chat ekmasdan meva yeb bo‘larmidi?! Ular o‘zlari o‘ylagan narsadan bir bo‘lakni ham tuymas! Bir narsada qotib qolganlar o‘zlarining fikrlari asnosida oyat-hadislarga teskari ish qiladilar. Ular oyatlardan faqatgina ko‘ngillari tusagan ishni ma'qullashadi.

“Shayx Muhammad G‘azzoliy rohimahullohning ma'ruzalaridan”

Abdussami Xayrulloh tarjimasi


Kiritilgan vaqti: 11/08/2020 15:01;   Ko‘rilganligi: 874
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/shu-bilan-kifoyalanamizmi
Chop etilgan vaqti: 22/01/2025 02:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing