O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Sharq va g‘arb kiyinish madaniyati bir-biridan tubdan farq qiladi

 
 

G‘arb mamlakatlarida balog‘at yoshidagi qizlar o‘z tanasini ko‘rsatishga bo‘lgan qiziqishi, ming afsuski, oddiy holatga aylanib bo‘lgan. Ko‘cha va jamoat joylarida emin-erkin, yarim-yalang‘och, hayvoniy sifatdagi ko‘rinishda yurish tabiiy hol bo‘lib qolgan.
G‘arb o‘z madaniyatini butun dunyoga targ‘ib etishi esa muammoni yanada kattalashishiga sabab bo‘layapti. Bunday achinarli holat nafaqat Yevropada, balki boshqa ko‘pgina davlatlarga ham o‘z ta'sirini o‘tkazayapti. Sharq va g‘arb kiyinish madaniyati bir-biridan tubdan farq qilib, bular o‘rtasida doimo zid qarashlar mavjud.


G‘arb mamlakatlari orasida kiyinish madaniyatida butkul sharm-hayodan yiroqlashib borayotgani esa tobora jamiyatni tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Bu esa o‘z o‘rnida yoshlarning tuturuqsiz his-ehtirosga berilishiga turtki bo‘lib, ularning axloqiy sifatlari hayvoniy xohishlarga aylanib ketmoqda.

Inson fe'l-atvori buzilishiga axloqsiz, sharm-hayodan butkul yiroq bo‘lgan kiyimlar ham sabab bo‘layotgani aniq holatdir. Umuman olganda, bu kabi kiyimlarning inson madaniyati uchun hech qanday qiymati yo‘q bo‘lib, aksincha, axloqiy buzuqlikka yo‘l ochib berayapti, xolos.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa, shahvoniy lazzat uyg‘otish, ongni zaharlash va shaytoniy hislarni junbushga keltirishdir. Oxir-oqibatda jamiyatni tanazzulga olib boradi.

Ba'zi g‘arbliklar musulmonlarning zehnini doimiy ta'sir ostida tutib turadigan jinsiy tuyg‘ularni sug‘orib turishga qaror qildilar. Hech qanday qo‘poruvchilik jinsiy tuyg‘u erishadigan qo‘poruvchilik darajasiga chiqolmaydi. Har qancha shubhasiz, fikri, din-e'tiqodi bo‘lsin, shahvoniy tuyg‘ular, his-hayajonlar uni mag‘lub etadi. Shu sababli bugun jamiyatimizga kirib kelayotgan illatlar ana shu tuyg‘u sababli sodir bo‘layapti. Bu yerda ham yagona unsur – ayoldir.

Islom dini bu kabi masalalarda kiborlar hayoti ya'ni, jamiyat aralashuvi va ta'siri bilangina chegaralanib qoldi. Moda olamini targ‘ib qilishda asosan kiborlardan, ya'ni jamiyatdagi ma'lum bir shaxslardan foydalanilyapti. Shu sababli ham modada sharq va g‘arb madaniyatlarining uyg‘unlashuviga bo‘lgan urinishlar ko‘pchilik tomonidan salbiy tarzda qabul qilinishiga olib keldi. Islom dini doim bunday yot qarashlarga rad javob berib kelgan.

Hozirgi zamon madaniyatidan biroz voqif bo‘lgan har bir kishi bularni juda yaxshi tushunishi mumkin. Oila tushunchasi va an'anaviy qadriyatlar (Sharq maksimalizmi va G‘arbning erkinligi) jamiyatga kirib keladigan yangi ma'naviy kuchlarning bir ifodasi bo‘ladi. Bu esa xalq qalbini mudroqlikdan uyg‘onishga va xalqlarning o‘zaro birlashuviga va o‘zligini o‘z madaniyatidan topishiga olib keladi.

N.Temirova - Samarqand viloyat bosh otinoyisi manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 18/06/2022 09:52;   Ko‘rilganligi: 1523
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/sharq-va-garb-kiyinish-madaniyati-bir-biridan-tubdan-farq-qiladi
Chop etilgan vaqti: 04/11/2025 05:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing