O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Rasulolloxga Muxabbat Imondandir

 
 

Alloh taolo Tavba surasining 128-oyatida “Bataxqiq” sizlarga o‘ziningdan bo‘lgan sizning mashaqqat chekishiningiz uning uchun og‘ir bo‘lgan sizning (soadatga yetishingizga) tashna bo‘lgan Payg‘ambar keldi” deb Payg‘ambarimizni bir necha sifatlar bilan vasf qilingan.

Darxaqiqat mana shunday ulug‘ zotning odamlar ichidan chiqishlari butun insoniyat uchun katta baxt va faxrdir. Allox ta'olo o‘z payg‘ambarini farishtalar yoki boshqa maxluqotlardan qilmadi balki inson zotidan qildi. Shuning uchun xam barcha insonlar bundan xursand bo‘lish va ushbu payg‘ambarga ergashmog‘i kerak.

Keyingi sifatlari insonlarning mashaqqat chekishini xoxlamaydigan doimo insonlarga yengillikni ravo qiladigan payg‘ambar ekanliklari. Islom dini yengillik dinidir. U faqat oxiratdagi saodatnigina va'da qiladigan din emas balki insonlarni shu dunyoda xam baxtli xayot kechirishlarini o‘rgatadigan dindir.

Keyingi sifatlari butun insoniyatning saodatli bo‘lishiga tashna bo‘lgan buyuk qalb soxibi bo‘lishlari. Rasulolloh s.a.v bor imkoniyatlarini insonlar saodati uchun sarflagan dunyo tarixida tamoili zod edilar.

Rasulolloh s.a.v mo‘minlar uchun nihoyatda marhamatli mehribon edilar. Dunyo tarixida u zotdek kishilarga mehribon va karamli birorta inson bo‘lmagan. Manashu sifatlarning o‘zi ham payg‘ambar alayhisalomga muhabbatingizni jalb qiladi.

Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy Sollolhu alayhi vasallam. “Har bir Nabiyning shaksiz qabul bo‘ladigan duosi bo‘ladi. Barcha Nabiylar o‘z duolarini (bu dunyoda) qilib bo‘ldilar. Men o‘z duoyimni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun berkitib qo‘yganman. U mening ummatimdan Allohga xech narsani shirk keltirmaydiganlarga albatta yeltuvchidir” dedilar

Rasulolloh sallollohu alayhi vasallam o‘z duolarini biz ummatlar uchun qo‘yganlar. Shafoatlari ana shunday buyuk edi.

Rasulolloh sallollohu alayhi vasallam ummatlarini uzlaridan ham oila-a'zolaridan ham ko‘proq o‘ylar edilar, ustun qo‘yar edilar.

Ummatlikni da'vo qilgan har bir shaxs Rasulollohga ham shunga yarasha muhabbat qilmog‘i lozim.

Alloh ta'olo Rasulollohga bo‘lgan muhabbatlarimizni ziyoda qilsin.

  

  Nazarov Anvar Kattaqo‘rg‘on shahar“Muxammat Naqqibek”jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 24/11/2020 14:39;   Ko‘rilganligi: 748
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/rasulolloxga-muxabbat-imondandir
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing