O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ramazon oyiga qanday tayyorgarlik ko‘rdingiz?

 
 

“Agar Alloh bu ummatni azoblashni xoxlaganida edi. Ularga Ramazon oyi va Ixlos surasini ato qilmas edi.”   (Xazrati Ali r.a)
 Tasavvur qiling xonadonimizga mexmon tashrif buyurmoqchi. Mexmon qancha uzoqdan kelsa shuncha qadrli bo‘ladi. U bizning sevimli kishimiz, qadirdonimiz, birga o‘qigan do‘stimiz yoxud bir qancha vaqtdan buyon xonadonimizga tashrif buyurishi intizorlik bilan kutilayotgan eng qadrli kishimiz.  Biz u mexmonning ko‘nglini olishni har chorasini izlaymiz.  .O‘zgacha bir xursandchilik, zavq,shavq, o‘zgacha bir ishtiyoq bilan, mexmonni  munosib kutib olishga tayorgarlik ko‘ramiz.

Uyimizni saranjom-sarishta qilib tozalaymiz. Darsturxonga tortilgan nozu-ne'matlarni did bilan bezaymiz va yana qayta ko‘zdan kechiramiz. Har bir narsaga alohida e'tibor qilamiz, toki biror narsa mexmonning ko‘ngliga tegmasin deymiz. Hattoki mexmon kelishiga poyondozlar solib kutib olamiz. Zero mexmondo‘stlik xalqimizning qon- qoniga  azal-azaldan singgan yaxshi xislat va muqaddas dinimiz ko‘rsatmasi ekani barchamizga ma'lum. 

Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilinadi: Rosululloh s.a.v. “Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa qo‘shnisiga ozor bermasin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa mexmonni xurmat qilsin. Kim Allohga va oxiratga iymon keltirsa yaxshi gaplarni aytsin yoki jim tursin” dedilar. Payg‘ambarimiz s.a.v.ning ushbu xadislariga muvofiq bizning xalqimiz mexmon do‘st, hamisha mehmonning hurmatini, izzatini  joyiga qo‘yib kelgan.  

Mexmon biz uchun qancha qadrli bo‘lsa tayorgarlik ham shunga yarasha bo‘ladi. Yaqinlashib kelayotgan Ramazon oyi ham aslida bizlar uchun mehmon. U ham uzoqda, bir yilda bir keladi. Ramazon mehru-muruvvat, xayru-saxovat oyi. Ramazon qalb,  ruh va jasadimiz  poklanadigan  oy.

Ramazon oyi duolarimizning ijobat bo‘ladigan, qadr kechasi, tarovex namozlariyu, xatmi Qur'onlar barakasi, ro‘zadorni iftorlantirishning savobidan baxramand bo‘ladigan, xayrli amallarimiz uchun savoblar, ajrlar, ko‘paytirib beriladigan fazilatli, barakotli  oy. Zero Payg‘ambarimiz s.a.v. “Agar ummatim Ramazon oyida ular uchun qancha fazilatlar  borligini bilganlarida edi,  yilning xammasini Ramazon bo‘lishini xoxlar edilar” deganlar.

 Ho‘sh, biz Ramazon oyini kutib olish uchun qanday tayorgarlik ko‘rdik. Iftorligu, saxarlik uchun ozuqa jamlashimiz, bozordan turfa hil mevalarni sotib olib muzlatgichni to‘ldirish, iftorga qanday taom yeyish,, saxarlikka qaysi taomni tayorlashlik,  haqida o‘ylayotgan bo‘lsak bu Ramozon oyiga tayorgarlik degani emas.

Ramazon oyga tayorgarlik , avvalo qalbni poklash, agar bir biri bilan xusumatlashgan, janjallashgan kishilar bo‘lsa, gina va xusumatlarini unutib bir biri bilan yarashish, qo‘ni-qo‘shni, mahallada, qarindoshlar orasida yordamga muxtojlarga muruvvat ko‘rsatish, yodam qo‘lini uzatish, qarindoshlarga silai raxm qilish, bemorlarni ziyorat etish, yetimlar boshini silash, yolg‘iz keksalar, nogironlar holidan xabar olish, savobli ishlarga shoshilishligu, barcha gunox ishlardan o‘zini tiyish, birovning diliga ozor yetkazib qo‘yishdan, birovning xaqqiga tajouj qilishdan saqlanishlik kabi ishlarni amalga oshirish bilan bo‘ladi.

Ana shunda biz Ramazon oyini munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lamiz.   Ana shunda Ramazon oyidagi barcha barakotlaru, fazilatlardan baxramand bo‘lamiz.  Ramazon oyi poklanish oyi ekan, keling aziz yurtdoshlar avvalo qalbimizni poklaylik. Agar qalbimiz pok bo‘lsa boshqa a'zolarning gunoh qilishiga imkon bermaydi. Chunki qalbi pokiza odamdan diomo yaxshilik umid qilinadi. Alloh barchamizni Ramazon oyidagi fazilatlardan bebahra qoldirmasin.


Kiritilgan vaqti: 25/02/2023 09:13;   Ko‘rilganligi: 313
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ramazon-oyiga-qanday-tayyorgarlik-kordingiz
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing