O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

RADDIYA “Qaniydi, aqlni ishlatsalar”...

 
 

«Arsh avval yo‘q edi, keyin Alloh taolo uni yaratdi. Ayrim bid'atchilar «Rahmon Zot arshga istivo qildi» degan oyati karimada kelgan «istivo»dan «haqiqiy ko‘tarilish» nazarda tutilmoqda deb aytishadi. Holbuki bilmaydilarki, ularning shunday degan so‘zlari (va e'tiqodlari)dan ma'bud (ibodat qilinadigan) Zot Arshni yaratib unga «istivo» qilishdan oldin Arsh ostiga bo‘lganini ifodalaydi».

Shayx Nizol Ibrohim Oli-Roshiy hafizahulloh

Qaniydi, biroz bo‘lsa ham aqllarini ishlatsalar…

Izoh: Alloh taolo bir joyga joylashish, bir joy va zamonda bo‘lish, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, harakatlanish yoki harakatlanmay turish kabi jismlarda bo‘ladigan, Alloh taolo yaratgan maxluqotlaridagi hodisalar va holatlardan pok Zotdir. Alloh taolo jism emas, Alloh taolo bunday tushunchalardan pok Zot. Alloh taolo O‘zi yaratgan narsalaridan ularni yaratmasdan oldin qanday behojat bo‘lsa, ularni yaratganidan keyin ham xuddi shunday behojatdir. Alloh taolo Qur'oni Karimda barcha olamdan behojat ekanini ma'lum qilgan. Mazkur Arsh haqidagi oyatni «Alloh taolo O‘z hukmi, qudrati ila Arshni egalladi», deb tushunishimiz kerak bo‘ladi. Ya'ni, maxluqotlardan eng buyugi bo‘lmish Arsh ham, Alloh taolo tomonidan yaratilib, Ul Zotning hukmiga bo‘ysunadi, Alloh taoloning qudrati ostidadir.

Savol: «Nega unda Alloh taolo oyati karimalarda Arshga nisbatan «Arshning Robbi» deb marhamat qilgan».

Javob: «Alloh taolo maxluqotlari ichida eng buyugi bo‘lgan Arshni zikr qilib, qudrati naqadar buyuk ekanini bizlarga bildirmoqchi, qolaversa bu oyatda ham Arsh - Alloh taoloning hukmi va saltanati ostida mahkum ekanini bildiradi.
Vallohu a'lam!

Xayrullo domla Sattarov
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 19/01/2022 08:17;   Ko‘rilganligi: 427
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/raddiya-qaniydi-aqlni-ishlatsalar
Chop etilgan vaqti: 23/04/2024 21:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing