O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Pora berma va pora olma!

 
 

 Iqtisodiy masala har bir jamiyatda muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun islomda bu masalaga alohida e'tibor berilgan. Avvalo mol mulkka rag‘bat insonning asl tabiyatida mavjudligi Alloh taoloning kalomi qur'oni karimda va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislarida ko‘p bora ta'kidlangan. Islom shariati molni muhofaza qilish maqsadida birovnig molini botil yo‘l bilan yeyishni harom qildi. Alloh taolo Niso surasida shunday marhamat qiladi”-Ey iymon keltirganlar,bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan yemang”(29-oyat)

Birovning molini botil yo‘l bilan yeyishga ribo, qimor, poraxo‘rlik, aldamchilik, narxni sun'iy ravishda  ko‘tarish, o‘g‘irlik, tovlamachilik va boshqalar kiradi. Biz bugun bularning orasidan e'tiborimizni qaratadigan masala pora to‘g‘risidadir.

Pora arab tilida “rishva” deb ataladi, shar'iy istilohda esa ”Pora-xaqni yuqqa chiqarish va botilni yuzaga chiqarish uchun beriladigan narsadir”. Abdulloh ibn Amr roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi “Rasulullox solallohu alayhi vasallam;

 «Pora beruvchiga va pora oluvchiga Allohning la'nati bo‘lsin”, dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkovlarini ham ushbu harom ishni qilganlari uchun la'natlamoqdalar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la'natlari juda og‘ir jazodir. Chunki la'nat birovni Allohning rahmatidan uzoq bo‘lishini so‘rashdir», dedilar

Allohning mahbub Rasuli Allohdan so‘ragan narsasi bulmay qolmasligi hammaga ma'lum.

Mazkur pora savdosi jahon mamlakatlarini o‘ylantirib turgan katta muammolardan biridir. Pora muomalasi barcha dinlarda gunoh hisoblanadi.

Ikki olam sayyidi Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam poradan qattiq qaytarganlar. “Pora beruvchi xam, oluvchi xam, o‘rtada turuvchi xam jahannamga tashlanadi” -dedilar.

Poraxo‘rlik jamiyat barqarorligining muhim asosi bo‘lgan adolatning yo‘qolishiga olib boradi. Pora vositasida noxaqlik haq maqomiga chiqishi bois jamiyat parokanda bo‘ladi. Mamalakatimiz mustahkamligi, rivoji va gullab yashnashini, oxirati obod bo‘lishini istagan har-bir fuqaro pora olish va berish illatidan xolos bo‘lishi kerak.

 Imom Zahabiy shunday deganlar  “Ey inson sen yer yuziga yig‘lab kelding ota-onang seni xursand bo‘lib kutib oldilar,   Ey inson endi sen bu dunyodan ketmasingdan oldin jamiyat, xalq, din, davlat, ota-ona va farzandlar oldidagi burchlaringni mukammal ado qilib qo‘yginki,  ketar chog‘ingda  qanday inson edi-ya deb orqangdan yig‘lab qolsinlar.

A.Yaxshiliqov,

Ishtixon jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 02/07/2020 12:28;   Ko‘rilganligi: 76
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/pora-berma-va-pora-olma
Chop etilgan vaqti: 12/08/2020 03:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing