O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Onalar xizmati-jamiyat saodati

 
 

Har bir inson dunyoga kelibdiki uning o‘nib o‘sishi, ilmli-tarbiyali bo‘lib voyaga yetishi uchun muhtaram volidalarimizning xizmatlari beqiyosdir. Har bir kamolatga yetgan shaxs ortida onalar mehnati yotadi. Shuning uchun ham dini mo‘binimiz onalarni ko‘proq e'zozlashga, qadirlashga buyuradi. Janobi Nabiyimiz s.a.v “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” deb marhamat qilganlar. Bir sahobiy-“Kimga yaxshilik qilay”- deb 3 marta so‘radilar. Har safar- “Onangga”- dedilar va 4-marta so‘raganlarida-“Otangga”- deb javob berdilar Nabiy s.a.v.

Tarixda o‘tgan ulug‘ avliyolar sultoni Boyazid Bistomiy hazratlarining otalari vafot etib, go‘dakligidan  onalari tarbiyasida qoladi. Sal o‘lg‘ayganda, onalari madrasaga ta'lim olishlari uchun olib borib ustozga topshirdilar. Ustozga bolani qattiq nazorat qilib, riyozat ila o‘qitishlarini tayinladilar. Ayniqsa, uyga yubormaslikni, zero, uyga boraversa, fikri chalg‘ib ilm olishdan mahrum bo‘lib qolishi mumkinligini aytdilar. Yosh Boyazidga Alloh kuchli zehn, qobiliyat bergan edi. Darslarni a'lo darajada tayyorlab, ustozga topshirar edi. Bir kuni onasini ko‘rgisi kelib, ustozdan ruxsat so‘radi. Ustozning ham nazari tushub mahbub bo‘lib qolgan emasmi, ko‘ngli bo‘shab-“Mayli tez borib ziyorat qilginu, qaytgin”- deb ruxsat berdilar. Boyazid  uyga kelib, darvozasini taqillatganlarida onalari tahorat olayotgan edilar. Onalari o‘g‘li ekanligini sezib: “Kim u?”- dedilar. Bola: “Boyazid Bistomiy”- deb javob berdilar. Ona: “Mening ham Boyazid Bistomiy degan o‘g‘lim bor. Uni Alloh taolo yo‘lida vaqf qilib, madrasaga tashlab kelgan edim. Siz qaysi Boyazidsiz?”- dedi.

Onalarining bu so‘zlaridan darhol hamma narsani tushunib, madrasaga qaytdilar va ilm olishga qattiq jiddu-jahd qildilar. Nihoyat, olimu boamal darajasiga yetib, so‘ng onalarini oldiga qaytdilar.

Demak, har birimiz baxtli, sururli kunlarimizda avvalo Allohga hamd-sano aytib, bu ne'matlarga sababchi bo‘lgan onalarimiz, otalarimiz ekanligini aslo yoddan chiqarmasligimiz darkor.

A.Shukurov Narpay tuman “Ko‘k ota” jome' masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 04/01/2024 12:10;   Ko‘rilganligi: 925
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/onalar-xizmati-jamiyat-saodati
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 00:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing