Oila tinchligi yurt obodligi
Alhamdulillah Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, yurtimiz tinch, vatanimiz obod, odamlar to‘q va faravon umr kechirmoqda. Allohning bunday ne'matlarini qadriga yetib, o‘ziga yanada ko‘proq hamdu sanolar va shukrlar aytishimiz kerak.
Shu bilan bir qatorda hayotimizga internet degan tezkor axborot vositasi ham shitob bilan kirib keldi. Kattayu-kichik, rahbaru-xodim, o‘quvchiyu-muallim uning xizmatidan keng foydalanmoqda. Buning foydali tomonlaridan tashqari zararli, achinarli tomonlari ham bot-bot ko‘zga tashlanmoqda.
Keling shu o‘rinda hayotiy misollarga murojaat qilaiz.
Yaqinda ikki oila yaxshi niyatlar bilan o‘zaro kelishib qiz va yigitni unashtirib, ya'ni “non sindi” yanada ochiqroq aytsak kelajakda quda bo‘lamiz deb belgi qilib qo‘yishdi. Qiz endi 11-sinfda o‘qiyapti. Yigit esa Rossiya davlatida mehnat migranti bo‘lib ishlaydi. Yigit qizga Rassiyadan ko‘rib gaplashadigan zamonaziy telefon jo‘natadi. Qiz ham bu uyali aloqa vositasini tezda telegram, instagram, kabi xizmatlarini sozlaydi. Yigit va qiz bir-biri bilan gaplashish borabarida, qizning telegram kanaliga boshqa yigitlar ham to‘r tashlay boshlaydi. Ishonuvchan sodda qiz u yoqda unashtirilgan yigiti bo‘la turib boshqa yigitlar bilan gaplasha boshlaydi. Oxir-oqibat buni yigit bilib qoladi va unashtiruvni bekor qiladi. Natijada qurilishi arafasida turgan oila qurilmasdan barbod bo‘ldi. Afsuski bunday noxush holatlar tez-tez quloqga chalinyapti. Xo‘sh, bunday xatolarni oldini olishimiz uchun nima qilish kerak?
Avvalo bunday noxush holatni sodir etgan, ota-onasini va mahallasini sharmanda qilgan qiz(yigit)ga nisbatan jarimalar qo‘llash, ota-onasini esa el-yurt oldida uyaltirish kerak. Ota-onalardan farzandini to‘g‘ri tarbiyalash kerakligini talab qilishimiz lozim. Shunday qilmasak bunday noxush holatlarni soni oshib ketishi mumkin. Hadis kitoblarida Payg‘ambarimiz alayhissalomdan shunday hadis rivoyat qilingan. Rasulullloh sallollohu alayhi vasallam aytdilar: “Uylaninglar, nasl qoldiringlar, ko‘payinglar, bas men qiyomat kuni ummatimning ko‘pligi bilan faxrlanaman” – dedilar.
Shu hadisi sharifdan ham anglashimiz kerakki halol, pok, nikoh asosida oila qurib, solih o‘g‘illar va soliha qizlartarbiyalsh biz ummatlarga sunnat ekan.
Qissadan hissa shulki, maqsadimiz oilalarimiz tinch bo‘lsin, hech bir oila darz ketib sinmasin. Farzandlarimizni iymonli, insofli qilib tarbiyalaylik, yurtimiz tinch vatanimiz mustaqiligi abadiy bo‘lsin.
Hazratqul Usmonov Kattaqo‘rg‘on tumani “Boltabek” masjidi imom-noibi
Kiritilgan vaqti: 31/08/2021 11:43; Ko‘rilganligi: 1370
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:32