O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Oila begiga o‘n besh nasihat!

 
 

Oila begiga o‘n besh nasihat

Payg‘ambarimiz salllollohu alayhi vasallam: «Sizlarning yaxshilaringiz o‘z ahliga yaxshi muomilada bo‘ladiganingiz», deb marhamat qilganlar. Demak oila rahbari o‘z ahli uchun qilgan go‘zal muomilasi uchun ham ajr-savobga ega bo‘lishi mumkin ekan. Shuning uchun oila begiga quyidagi nasihatlarni qilamiz:

1.Uydan chiqayotganingda ayolingga: Yaxshi qoling, deb chiq. Hamisha uning ko‘nglini hushnud et! 2.Seni kutib ko‘zi to‘rt bo‘lmasin, vaqtliroq uyga kel! 3. Tashqaridan yeb-ichganlaringdan uyingga ham olib kel! 4. Ayolingni xato-kamchiliklarini boshqalarga aytma, yaxshilik fazilatlarini esla! 5.Uyingni sarf-xarajatsiz qoldirma, ular boshqalarga muhtoj bo‘lishmasin! 6. Ishxonangdagi nohushliklarni uyga kelib aytma. Uying sevinchga to‘lsin! 7. To‘y yoki sayohatga borganingda iloji bo‘lsa, ayolingni ham olib bor!  8. Uyga salom berib va tabassum bilan kirgin. Uydagilaring kelganingdan sevinishsin! 9.Uyingni Qur'onsiz, kitobsiz va namozsiz qoldirma. Bomdodga turganingda oila a'zolaringni ham o‘yg‘ot. Rahmat va barakot kun bo‘yi siz bilan birga bo‘lsin! 10. G‘ayratli bo‘l, rashqli bo‘l. Biroq noo‘rin gumon va shubhaga borma. Ayb-kamchilik qidirishdan saqlan! 11. Insofli bo‘l, ayoling kuchi yetmaydigan ishlarni unga buyurma. Kerak bo‘lganida unga yordam ber! 12. Qarorlaringda ayoling bilan ham maslahatlashishni unutma! 13. Kutilmagan sovg‘alar berib, kunglini olishni bil! 14. Dunyo uyiga kirish dunyoga mukkasidan berilish emas, oxiratni unutma!  Dining, vataning va insoniyat uchun mehnat qilishni unutma! 15. Ozgina halol daromad ko‘p harom foydadan yaxshidir. Harom luqma yema, xotining va farzandlaringga ham yedirma!!

Xayrulloh Sattarov, O‘MI Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 05/08/2020 11:57;   Ko‘rilganligi: 743
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/oila-begiga-on-besh-nasihat
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing