O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

OCHILGAN QALB

 
 

Anora onasini kirib kelishini kutmagani uchun, shoshib o‘rnidan turdi, ko‘z yoshlarini shosha-pisha artib, onasiga peshvoz chiqdi.

-Keling onajon, assalomu alaykum, yaxshi kelyabsizmi, uydagilar yaxshimi. Ona baribir onada, Anoraning yuzlari so‘lg‘in, ko‘zlari shishgan holatda ko‘rgan ona hech narsani sezmaydi deysizmi.

To‘rtta opa singil ichida shu Anoraning hayoti ozgina notinch, xo‘jayini Davlat ko‘p ichadigan mushtizo‘r edi. Unga na onasi, na qarindoshlari gap uqdira olishadi. Gap boshlashlari bilan, - ichsam senlardan pul so‘rayabmanmi, deb og‘zidan chiqqanini yoqasiga yopishtiradi.

Yaxshiyamki Anora ibodat bilan mashg‘ul. Nomozlari bor, joynomozga chiqqan vaqt, butun dunyoni tashvishini unutadi. Hech shu sokin halovatdan ajralgisi kelmaydi. Qaniydi, bo‘sh vaqti ko‘p bo‘lsayu, toatlarini uzoq davom ettirsa.

Har yomonning bir yaxshisi bor deganlariday, kun ora ichib kelib, to‘rtta qiz tuqqani uchun do‘pposlaydigan Davlatning ham bir yaxshi odati, xotini nomoz o‘qib bo‘lgunicha biror marta xalaqit qilmagan. Anora shunisiga ham shukr qilib, Xudodan bir nojot kutib yashar edi.

Oradan yana besh yil o‘tdi. Hamon eski odat, eski xulq. Shu janjal, shu mojaro. Qizlar ancha ulg‘ayib qolishgan, farishtaday bo‘lgan onalarining ko‘z o‘ngida ayovsiz kaltaklanishi ular uchun juda og‘ir edi. O‘zlarini qiz bo‘lib tug‘ilganlari uchun gunohkorday sezishar edi.

Bir kuni Davlat shu qadar ko‘p ichganidan uni o‘rtoqlari ko‘tarib olib keldilar. Bir soatcha ko‘zi ilingan Davlat uyg‘onishi bilan, -Anora! deb ho‘kizday bo‘kirib yubordi. Qizlariga dars tayyorlatib o‘tirgan Anora sho‘rlik o‘qday otilib erining oldiga chopdi. Kaltaklash uchun bahonalar qidirayotgan Davlatga Anora bir og‘iz tek gapirmas, jimgina tinglar edi. Yarim soat javragan Davlatning negadir bir zumga ovozi o‘chdi. Qulay paytdan foydalangan Anora Xufton nomozini o‘qib olishiga ruxsat so‘rab o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Har kuni o‘n minutda o‘qib bo‘linadigan nomoz bugun bir soatda ham tugamas edi, negadir xotini nomozni uzoq o‘qigani uchun, ajablanib unga tikildi. Hayolidan shu fikrlar o‘ta boshladi, Shu bechora menga tegib nima kun ko‘rdi, urmagan kunim yo‘q. Nega hech kimga shikoyat ham qilmaydi, qancha xo‘rlasam, shuncha uyim joyim deydi. Men noshud nimalar qilyabman o‘zi. Faqat qiz tug‘ilsa bundami ayb, Xudoning berganida.Shunday ayolni qadrlamasam ko‘zlarim ko‘r bo‘lmaydimi. Oxirgi so‘zlarini ovoz chiqarib aytib yuborgani uchun,bu gapni Anora ham eshitdi. Joynomozdan tushsam erim uradi, deb qo‘rqib tusha olmay o‘tirgan Anora, ibodatdan to‘xtab eriga o‘girildi. Unga qarab yig‘layotgan Davlat o‘ziga nima bo‘layotganiga o‘zi ham hayron edi. Berkitilgan qalbning ochilishi balki shudir. Olloh har ishga qodir, buyuk zot ekanligiga Anora yana bir guvoh bo‘ldi, hamdu sano ayta turib o‘zi ham yig‘lab yubordi. Olloh barchamizdan rozi bo‘lsin.

Xayriniso Ergasheva - Ishtixon otinoyilari a'zosi


Kiritilgan vaqti: 11/07/2020 09:58;   Ko‘rilganligi: 909
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ochilgan-qalb
Chop etilgan vaqti: 23/04/2024 21:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing