NAMOZ NIMA UCHUN MUHIM
Boshqa farz amallarga qaraganda namozga ko‘p targ‘ib qilinadi. Buning sababi bir qovulda aytilgan yekanki: Namoz osmonda farz bo‘lgan boshqa farz amallar vahiy orqali yerga tushgan.
Haqiqatda o‘ylab qarasak Alloh taolo namozni boshqa farz amallar kabi vahiy orqali nozil qilmasdan o‘zining huzuriga Muhammad alayhis salomni chaqirib farz qildi. Bu namozning qanchalik muhim yekankigidan dalolat qiladi. Chunki bir rahbar ham biror xodimiga muhim vazifa yuklamoqchi bo‘lsa telefon orqali aytmaydi uni xonasiga chaqirtiradi xodim rahbar oldinga kelgach uni kotib boshliq xonasiga olib kiradi. Boshliq esa hattoki kotibni ham tashqariga chiqib turishini buyurib yolg‘iz xodimni o‘ziga vazifa topshiradi. Bu o‘sha vazifani muhim yekankigidan Alloh taolo namozni o‘zining huzurida farz qilishni iroda qildi buning uchun Jabroil alayhis salom Muhammad sallallohu alayhis vasallamni Allohning huzuriga olib chiqdilar lekin Sidratul muntahoga yetib kelganlarida bu yog‘iga Rosulullohni o‘zlari yolg‘iz borishlari kerak yekanligini Jabroil alayhis salom aytadilar bu topshiriq jda muhim yekanligidan Rosululloh sallallohu alayhis vasallam Allohning huzuriga yolg‘iz chiqdilar va o‘sha yerda Namoz farz bo‘ldi.
S.Shamsiddinov
Kattaqorg‘on tumani bosh imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 21/09/2023 11:26; Ko‘rilganligi: 850
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:25