Nafratlantirmang osonlashtiring
Dinimizda faqat Alloh taologa ibodat qilishga buyurilib, birdamlikka chaqiriladi. Dinda g‘uluvga ketish, haddan oshish qaytariladi. Chunki, buning oqibati ixtilof va guruhbozlikka sabab bulgani uchun.
Allohning kalomida: "Ayting: "Ey ahli kitoblar diningizda haddan oshmangiz va oldindan adashgan va ko‘plarni adashtirgan hamda to‘gri yo‘ldan chalg‘iganlarning havoyi nafslariga ergashmang", deb zikr kilingan.
Dinda g‘uluvga ketishning oqibati juda yomon. Avvalo bu aqidani buzilishiga olib keladi. Tarixda paydo bo‘lgan ravofiz, xavorij, mu'tazila va boshqa toifalarning yuzaga kelishi asosan dinga g‘uluvga ketishning oqibatidir. Yengillik islomning asosiy shiorlaridan biridir. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda. "Osonlashtiring aslo qiyinlashtirmang, bashorat bering hech ham nafratlantirmang", deyilgan. Islom dini fasodga qarshi kurashib oshkora va botiniy fitnalardan qaytargan.
Amirov Abdulxabib Urgut tumani "Murod Ota" masjidi imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 07/09/2023 15:36; Ko‘rilganligi: 576
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 03:49