O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Muloyimlik go‘zal xulq namunasidir!

 
 

Alloh taola qaysi bir bandasiga, qaysi bir oilaga yaxshilikni iroda qilsa, ularga muloyimlik hislatini berib qo‘yadi. Kishi o‘ziga yaxshilik yetishini umid qilsa doimo Allohdan muloyimlikni so‘rab yursin.

Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim muloyimlikdan mahrum bo‘lsa, yaxshilikdan mahrum bo‘libdi», deb marhamat qilgan.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan xadisda esa: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Muloyimlik yaxshilik bashoratidir, qo‘pollik esa shumlikdir. Alloh biror xonadon ahliga yaxshilikni iroda qilsa, ularga muloyimlik eshigini ochib qo‘yadi», deb aytganlar.

Biz musulmonlar doimo bir birimizga xush kyfiyat, muloyim muomilada bo‘lishimiz albatta zarur chunki bu dinimiz ta'limoti va payg‘ambarimizning davatlari bo‘ladi. Nafaqat insonlar bilan muloyim muomilada bo‘lishimiz balki atrofimizdagi barcha nabotatu hayvonat olamiga ham qo‘pollik, zulm qilmaslik lozim va shart ekanligini quyidagi hadisdan bilib olsak bo‘ladi.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Bir asov tuyada ketayotgan edim, uni ura ketdim. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Doim muloyim bo‘lgin. Zotan, muloyimlik nimada bo‘lsa, uni ziynatlaydi, nimadan olib tashlansa, uni nuqsonli, hunuk qiladi», dedilar.

Hurmatli azizlar ushbu hadislarda kelitirilgan so‘zlarni amalini qilishimizni va doimo bir birimizga samimiyat bilan, muloyim xulq bilan muomilada bo‘lishimizni nasib aylasin.

N.Islamov Oqdaryo tumani bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 11/09/2023 16:27;   Ko‘rilganligi: 1275
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/muloyimlik-gozal-xulq-namunasidir
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 07:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing