O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

MISSIONERLIK TUSHUNCHASI HAQIDA

 
 

 Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug‘aviy va istilohiy ma'nolarini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim.

Ushbu so‘z lotin tilidagi “missio” fe'lidan olingan bo‘lib, “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma'nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.

Turli lug‘at va kitoblarda missionerlikka ko‘plab ta'riflar berilgan. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan “World Book” (Jahon kitobi) ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”, - degan fikr qayt etilgan. Moskva shahrida nashr etilgan “Kirill va Medofiyning katta ensiklopediyasi”da esa “Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o‘z e'tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati”, - degan ta'rif keltirilgan.

Umuman olganda, turli lug‘atlar va manbalarda bayon etilgan ta'riflar bir-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishni anglatadi. Shunday ekan, har bir so‘z, har bir tushunchani o‘zimizcha tahlil qilmasdan, uning asl mazmun-mohiyatini chuqur anglashimiz va uni o‘zimizga to‘g‘ri targ‘ib qila olishimiz lozim bo‘ladi.

 Nurullo Yuldoshev, Jomboy tumani Islom nuri jome masjidi imom-xatibi

 


Kiritilgan vaqti: 06/08/2020 12:27;   Ko‘rilganligi: 844
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/missionerlik-tushunchasi-haqida
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 11:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing