Meni kechiring ota... (Bo‘lgan voqea asosida)
Yozning issiq kunlari edi, do‘stim bilan anhor yonida suhbatlashib o‘tirar edik. Do‘stim to‘satdan gap boshladi, bilasanmi otam meni yomon ko‘radi. Yoshim yigirmadan oshgan bo‘lsa ham hali ham meni urishaveradi, ishimdan kam topaveradi. To‘g‘risini aytsam uyga ham borgim kelmay qolgan.
Haqiqatdan do‘stimni otasi anchagina jiddiy, kam gap viqorli kishi edi, shu bilan birga o‘ziga to‘q oila boshlig‘i, amaldor kishi edi. Shu suhbatimizdan o‘n kun o‘tib do‘stim qo‘shnisi g‘allasiga o‘g‘irlikga tushadi.
To‘rt qop g‘allani yelkalab uyga tashidim, afsuzki qop yirtiq ekan. To‘kilgan donlar tong otishi bilan sirimni fosh qildi, otam uyqumdan uyg‘otdi, xovliga chiqsam g‘allani egasi hovlida turardi. Qushnimiz yoshi ulug‘ inson edi. U kishi menga yoshlik qilib siz o‘g‘lim kechirim so‘rasangiz bo‘ldi boshqa davoim yo‘q dedi. G‘ururim ustunlik qilib uzr so‘rashga yo‘l qo‘ymadi. Qo‘shni boboga ichki ishlarga murojaat qilmaslikdan boshqa chora qoldirmagandim. Meni olib borib qamashdi. Kechga yaqin otam keldi. Meni qamab quygan eshik ichki ishlar boshlig‘i ro‘parasida edi. Otam boshliqni oldiga kirdi va oradan yarim soat o‘tdi. Ichki ishlar boshlig‘i ortidan otam eshikdan chiqdi. Hech bir kishiga nafsi uchun yalinmagan otam ichki ishlar boshlig‘iga qancha jarima qo‘ysangiz ham roziman faqat o‘g‘limni qamamang deb aytishi bilan otamni ko‘zlaridan yosh qo‘yilib ketdi. Otamni men uchun shunchalik qayg‘urganidan be ixtiyor men ham yig‘lab yubordim. Qilgan ishimdan otam xaqidagi yomon gumonimdan vijdonib qiynaladi. Chunki otam vafotigacha men otamdan kechirim so‘ray olmagan edim. Men shuni tushundimki Alloh shunday musavvir zot ekanki insonlarni adashkanligini, yomon gumonini bir sabab bilan bildirib quyar ekan. Otam meni boshqa otalar farzandlarini qanchalik yaxshi ko‘rsa, shundan ortiq yaxshi ko‘rishini Alloh menga ko‘rsatib quydi. Siz xaqingizda yomon gumon qilganim uchun “Meni kechiring ota”!
Asamov Ravshanxon - Oqdaryo tumani “Doumsaid” jome masjid imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 11/09/2023 16:17; Ko‘rilganligi: 699
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 13:48