O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Martaba deb tushunilgan kiyim–kechak egasini xor qilib qo‘yishi mumkin

 
 

Inson mukarram zot. Kiyinish madaniyatiga rioya qilish o‘zi uchun obro‘ va martaba ekani, go‘zallik va ziynat ekani muqaddas kitblarda o‘z aksini topgan, Jumladan, Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Ey Odam bolalari, Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, yasan –tusan (libosini) ham tushirdik. (hammasidan) Yaxshiroq libos taqvo libosidir. Bu-Ollohning (Fazlu marhamatiga dalolat qiluvchi) oyatlaridandir. Shoyad eslatma(pand-nasihat)olsalar. (A'rof, 26-oyat).

Shu o‘rinda isrof qilishlik haqida ham to‘xtalsak. Ayollarimiz har bir to‘yga, marosimga va turli tadbirlarga alohida yangi kiyim kiyishga jon-jahdlari bilan harakat qiladilar. Insonning hurmatini kiyimiga qarab o‘rniga qo‘yish kerak, degan tushunchada yuradilar. Ming afsuski, diniy ma'rifatning yetishmasligi, o‘tmish momomeros qadriyatlarni anglamaslik, tinchlik, to‘kinlikning qadriga yetmaslik, o‘zgalarga taqlid qilishimiz va boshqa bir qancha sabablarga ko‘ra, kiyim borasida ham isrofgarchilikka yo‘l qo‘yamiz. Kiyim uchun haddan tashqari ko‘p xarajat qilamiz.
Dono xalqimiz: Neni qilsang xor, shunga bo‘lasan zor,-deganlar. Har ishda o‘rtachalik lozim bo‘ladi: oshirib ham yubormaslik kerak va juda xarob holga ham tushmaslik lozim. Martaba deb tushunilgan kiyim –kechak egasini xor qilib qo‘yishi mumkin. Chunki, uning egasi kibr bilan kiyinsa, kibr bilan gapiradi, g‘iybatga beriladi. Oqibatda gunoh ustiga gunohga yo‘l qo‘yadi.
Azizlar, umr ikki qosh orasidek qisqa. Mana shu aziz umrni gunohlarsiz, g‘iybatlarsiz, isroflarsiz, dinu diyonatga, odamiylikka, sharqona odobga, bobomeros, momomeros qadriyatlarga amal qilib yashashga odatlanaylik. Farzandlarimizga, qo‘ni-qo‘shni yoshlarga namuna bo‘lib, ularni ham shu tartibga amal qilishga sa'y-xarakat qilaylik.
Alloh barchamizning yaxshi amallarimizni ziyoda qilsin.

N.Temirova - Samarqand viloyat bosh otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 14/06/2022 07:08;   Ko‘rilganligi: 778
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/martaba-deb-tushunilgan-kiyimkechak-egasini-xor-qilib-qoyishi-mumkin
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 03:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing