Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyati kuzatilgan ekstremistik harakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Markaziy Osiyo mintaqasida diniy mutaassib oqimlar faoliyati XX asrning 80- yillari boshlarida xorijiy ekstremistik markazlar sa'y-harakatlari bilan shakllana boshladi. Mintaqada xorijdan kelayotgan moliyaviy yordam hisobiga jangari sifatida foydalaniladigan guruhlar paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikga erishgan 1990-yillarning boshlarida esa, bu guruhlar faollashib ketdi. Shuning natijasida, mintaqada diniy ekstremizm asosan firqabozlikka asoslangan yangi guruhlarning paydo bo‘lishi, norasmiy yo‘l bilan diniy saboq berish, noqonuniy tarzda diniy mahsulotlar tayyorlash, olib kirish, tarqatish, missionerlik va prozelitizmning avj olishi kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ldi.
Ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligi rivojiga ko‘rsatgan salbiy ta'siri Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyati kuzatilgan birqancha mutaassib harakatlarning maqsadi tahlil qilinganida yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Mintaqada asosan “Hizbut-tahrir”, “Turkiston islom harakati”, “Akromiylar”, “Nurchilar” kabi guruhlarning faoliyati kuzatildi.
Hizbut-tahrir al-islomiy
Tashkilot nomi. Hizbut-tahrir al-islomiy (arab. “Islom ozodlik partiyasi”). “Hizbchilar”, “Tahrirchilar” deb ham yuritiladi.
Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. Falastinlik Taqiyiddin Nabahoniy (1909-1979) mazkur ekstremistik tashkilotning asoschisi hisoblanadi. Isroil davlatini tashkil etish haqidagi BMT qaroridan keyin 1947 yilda yilda oilasini olib, Falastindan Bayrutga ko‘chgan. Aslida Misrdagi “al-Ixvon al-muslimun” (“Musulmon birodarlar”) tashkiloti a'zosi bo‘lgan Nabahoniy 1953 yilda mazkur jamoa a'zoligidan chiqib, Quddus (Iyerusalim)da “Hizbut-tahrir al-islomiy” tashkilotini tuzgan.
Nabahoniy vafotidan so‘ng hizbga falastinlik Abdulqadim Zallum (1925-2003) boshchilik qildi. Uning rahbarligi davrida tashkilot sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda (asosan Markaziy Osiyo hududida) o‘z faoliyatini jadallashtirgan. (davomi bor)
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov tayyorladi
Kiritilgan vaqti: 11/08/2020 13:52; Ko‘rilganligi: 2014
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:11