Libos Allox taoloning ulug‘ nematidir
Kiyinish inson hayotining muhim jixati ekani xammamizga yaxshi malum. Islom xamma soxalarda, o‘z ko‘rsatmalarini bersayu, kiyinish borasida tark etsa, uning mukammalligiga putur yetgan bo‘ladi. Islomda kiyinish masalasida xam qator tavsiyalar aytib o‘tilgan kiynishlik dinimizda ulug‘ ibodat sanalib, ikki dunyo saodatiga erishish uchun yana bir ilohiy nematdir (ko‘rsatmadir).
Bazilar kiyinish masalasiga bunchalik katta etibor berishning boisi nima, axir bu arzimas narsaku deyishlari mumkin. Lekin kiyinish arzimas narsa emasdir. Balki dinimizda inson hayotining barcha sohalari baravar etiborga olinadi. Xammamizga malumki insonning kiyinish o‘sha kishining ichki dunyosini aks ettirib turadi. Libosning bizga malum bo‘lgan jixatlari aytaylik: Bizga doim xamrox, ziynat va issiq-sovuqdan himoya xamda eng muxim avrat joylarni to‘sib turadigan Allox taoloning ulug‘ nematidir. Biz bilmagan manfaatli jihatlari qancha bilmaymiz. Islomda yani: xayot yo‘limiz bo‘lgan Quroni Karim va Payg‘ambirimiz sollaloxu alayxi vasallam xadis muboraklarida kiyinish to‘g‘risida kelishiligi biz mo‘min-musulmonlar uchun talab darajasida kiyinib yurishga yetarli dalil xujjatdir.
Demak muxtaram aziz birodarlar! Biz axli iymon mo‘min musulmonlar bu borada Alloxning kitobi va sunnatiga muvofiq atrofimizdagi boshqa xalqlarga ibrat bo‘lib, kerak bo‘lsa xamma xavasi keladigan darajada chiroyli kiyinib yurishimiz mo‘minlik burchimizdir.
Allox taolo Arof surasida marxamat qiladi: “Ey odam bolalari! Bataxqiq sizlarga avratingizni to‘sadigan libos va ziynat libosini tushirdik. Taqvo libosi – ana o‘sha yaxshidir. Ana o‘shalar Alloxning oyatlaridir. Shoyadki,eslatma olsalar.”
Insonni xayvondan ajratib turadigan alomatlardan bir xam libosdir. Libosning zaruriyati kishining avratini o‘zgalardan pinxon tutishidir. Yuqorida aytganimizdek, Allox taolo kiyim boshni inson avratini to‘ssin, o‘zini tuzatsin deb bergan. Demak, azizlar bizning dinimiz Islomda boshqa soxalar kabi kiyinish borasida ham erkak kishi qanday kiyinish kerak, ayol kishi qanday kiyinishi kerak xammasi etibor olingan va mukammal yo‘lga qo‘yilgan. Misol, ayollar erkaklar kiyimini kiyinish va ularga o‘xshashga xarakat qilish mumkin emas. Ibni Abbos roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollaloux alayxi vasallam xotinchalish erkaklarni va erkak sifat ayollarni lanatladirlar. Erkak xam ayol xam kiyinib yurishda xamisha xayoli bo‘lishi, iffatini asrashi lozim. Bu esa go‘zal islomiy odoblardan sanaladi, ularga amal qilish xar bir musulmondan talab etiladi.
Temirov Hasan manbalar asosida
Kiritilgan vaqti: 15/06/2022 10:30; Ko‘rilganligi: 1116
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 00:38