KULGINI KO‘PAYTIRMANG
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
Kulgini kamaytir. Zotan ko‘p kulgi qalbni o‘ldiradi", - dedilar".
Ushbu hadisga e'tibor berilsa, kulgi mutlaqo taqiqlanmayyapti. Balki, kulgini kamaytirish, noo‘rin kulgidan qaytarilyapti. Aslida bo‘lar-bo‘lmas narsalar uchun kulaverish boshqa xalqlar orasida ham madaniyatsizlik hisoblanadi.
O‘yin-kulgini hayotning asosiy maqsadi deb bilish, vaqtini va boshqa imkoniyatlarini o‘yin-kulgiga sarflashdan qaytarilgan. Albatta kulgi bilan kulgininig farqi bor.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng ser tabassumi bo‘lganlar. Kim bilan ko‘rishmasinlar, ochiq yuzlilik bilan ko‘rishganlar.
Nazarov Anvar Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 25/09/2023 14:02; Ko‘rilganligi: 561
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:50