O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ko‘krak sutining ahamiyati, uni erta to‘htashish sabablari va yechimlari to‘g‘risida mutahassislar fikri

 
 

Ko‘krak suti bilan boqish – bu ona o‘z bolasiga berishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsadir. Uning bor muhabbati va g‘amxo‘rligi har kuni farzandiga ko‘krak tutganida suti bilan birga quyilib keladi. XXI asrda texnologiyalar va sanoat rivojlanishi yuqori darajada bo‘lishiga qaramasdan, hozirgacha ona sutining o‘rnini bosadigan xech narsa o‘ylab topilmagan.

Ushbu ozuqa mahsuloti universal va noyob bo‘lib, go‘dakning nafaqat oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, balki bolaning ovqat hazm qilish tizimi imkoniyatlariga va uning organizmidagi metabolizmning o‘ziga xos hususiyatlariga ham ideal tarzda mos keladi. Biroq, shunga qaramasdan hamma onalar ham bolani olti oylikkacha faqat ko‘krak suti bilan boqmaydi. Xo‘sh, ularni nima bezovta qiladi va sun'iy aralashmalardan foydalanishga majbur etadi? Quyida biz yosh onalar ko‘p holatlarda ishonadigan va shu bois o‘z farzandlariga o‘z sutlarini berishni istamaydigan holatlar , sabablar mavjud. Masalan:

Muntazam ravishda bolaga bog‘lanib qolishga to‘g‘ri keladi.Chunki bolani oziqlantirish dastlabki oylarda taxminan har 3 - 3,5 soatda bir marta amalga oshiriladi. Ammo biror joyga boorish zarurati tug‘ilganida sutni shishachaga siqib, yaqinlaringizdan go‘dak och qolganida uni ovqatlantirishni iltimos qilish mumkin. Ko‘krak sutini xona haroratida 8 soatga yaqin va muzlatkichda uch kun saqlasa bo‘lar  ekan.

Ona suti yetmayapti va 2-3 oydan so‘ng u yo‘qola boshlaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutahassislarining ta'kidlashicha, ko‘krak sutining yo‘qligi yoki uning yetishmasligi shunchaki bolani ko‘krakka noto‘g‘ri tutish va yo‘lga qo‘yilmagan emizish jarayonining oqibati holos. Agar ona farzandini tug‘ilgan paytidan emiza boshlagan bo‘lsa va qo‘shimcha ozuqa bermagan bo‘lsa, suti yo‘qolmas ekan. Albatta, istisnolar bo‘lib turadi. Bunga stresslar, onaning kasallanishi va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Ammo shifokor o‘z vaqtida aralashsa, bolani yana emiza boshlash muammo tug‘dirmaydi

Bolani emizganda ko‘krak o‘z shaklini yo‘qotadi. Shubhasiz, ayolning ko‘kragi homiladorlik davridan boshlab o‘zgaradi. Ammo bu uning xunuk bo‘lishini va osilib qolishini bildirmas ekan. Ba'zi bir parvarish qoidalariga amal qilinsa, ko‘krak ajoyib shaklda saqlanadi.

Ko‘krak bilan emizganda onaning vazni ortadi, degan fikr xaqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmas ekan. Aksincha, uzluksiz va to‘g‘ri emizish, ayol organizmining tez tiklanishiga va uning tug‘ruqdan oldingi holatiga qaytishiga yordam berar  ekan.

Bola emizadigan onalar qat'iy parhezga amal qilishlari kerak degan fikr ham ilmiy tasdiqqa ega emas ekan. Albatta, taomnomlarga biroz o‘zgartirish kiritish kerak bo‘ladi, ya'ni go‘dakda allergiya, qorin shishishi, qorin sanchiqlarini keltirib chiqaradigan mahsulotlarni chiqarib tashlash kerak. Ammo bu mahsulotlarning ro‘yxati unchalik katta emas. Buning ustiga, go‘dak 2 oyga to‘lganidan keyin bolaga qanday ta'sir qilishini kuzatgan holda ratsionga yangi mahsulotlarni kiritish mumkin.

Ona sutining o‘rnini bosuvchi zamonaviy aralashmalar ko‘krak sutinikiday tarkibga ega va u kabi foydali degan fikr mutloqo noto‘g‘ri  ekan. Afsuski, u juda keng tarqalgan. Sun'iy aralashmalarni ishlab chiqaruvchi firmalarning o‘z mahsuloti ona sutiga aynan o‘xshash deb uqtirishlari va hatto statistikani keltirib, baquvvat go‘daklarni namoyish qilishlari – bularning hammasi qudratli reklama kompaniyasidan bo‘lak narsa emas. Ona sutining tarkibida sigir sutida mavjud bo‘lmagan kamida 100 ta komponent bor. Aynan shu bois, sanoat texnologiyasida ona sutining o‘rnini to‘liq bosadigan mahsulotni chiqarishning iloji yo‘q. Bundan tashqari, har bir onaning suti aynan o‘z farzandining ehtiyojlariga mos keladi va shu bois xar doim turli ayollarda sifati va tarkibi bo‘yicha farq qiladi. O‘zining oziqlantirish xususiyatlaridan tashqari, ona suti tarkibida go‘dakni turli kasalliklardan himoya qilish, uning yaxshi uxlashi, ichak infeksiyalariga qarshi kurashishi, bosh miyasining rivojlanishi, ona va go‘dak o‘rtasidagi aloqaning mustahkamlanishi uchun zarur bo‘lgan qator tirik xujayralar va antijismlar mavjud. Emizish paytida, bir-biriga yaqin ikkita inson o‘rtasida emotsional aloqa o‘rnatiladi, bu go‘dakka himoyalanganlik, qulaylik va xotirjamlik hissini baxsh etadi.

Yana bir sabab, ona kasal bo‘lganida emizish mumkin emas degan fikr ham xato ekan. Ko‘krak bilan emizish ta'qiqlanadigan holatlar juda kam. Shamollash va infeksion kasalliklarda farzandingizni qo‘rqmasdan emizishingiz mumkin – antijismlarga boy ona suti bolaga kasallikka qarshi kurashda yordam berar ekan. Va infeksiyalarning eng yaxshi profilaktikasi hisoblanar ekan. Go‘dak kasallikka chalinmaydi yoki uni yengil shaklda o‘tkazadi.

Faqat, ona sil kasalligining ochiq shaklida, OIVda, ko‘krakda toshma paydo qildiradigan gerpesda, jigar, buyrak, yurak bilan bog‘liq og‘ir kasalliklarda hamda ona ko‘krak suti bilan birga chiqadigan antibiotiklar va toksik preparatlarning ba'zi turlarini qabul qilayotgan paytda emizishni to‘xtatish zarur  bo‘lar ekan.

B.Qo‘chqarova Jomboy tuman bosh otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 19/03/2024 10:52;   Ko‘rilganligi: 658
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/kokrak-sutining-ahamiyati-uni-erta-tohtashish-sabablari-va-echimlari-togrisida-mutahassislar-fikri
Chop etilgan vaqti: 09/02/2025 12:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing