O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

JIHOD SOXTALIGIDAN OGOH BO‘LING!

 
 

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda din niqobi ostida ko‘plab shaxslar tarafidan “Jihod” farz ekanlgi va o‘zga yurtlarga borib har bir inson “Jihod” qilishligi xususida ko‘plab so‘zlar va tushuntirishlar keng tarqalmoqda. Aslida bular sof islomni noto‘g‘ri ta'limotlarga qorishtirishdir. Asli “Jihod” nima o‘zi? “Jihod” arabcha so‘z bo‘lib “Jiddu Jahd”, “G‘ayrat qilmoq” ma'nolarini anglatadi. Ulamolar jihodni 2 turga bo‘ladilar. Birinchisi “Kichik jihod” - islomning dushmanlari bilan jang qilishdir. Agar yurtimizda har bir inson teran ko‘z bilan qarasa, bu shart bizni diyorda topilmaydi. Chunki bizning diyor ko‘pchilik musulmonlar istiqomad qiluvchi diyordir. Bizning vatanda islom va unga amal qilishlik uchun imkoniyat, erkinlik yetarlidir. Ikkinchisi “Buyuk jihod” – musulmonlarning o‘z nafsi bilan kurashishidir. Bu xususda Imom Termiziydan rivoyat qilingan hadisda: “Jihodning afzali Alloh ta'olo yo‘lida havoiy nafsingga qarshi jihod qilmog‘ingda deganlar.” Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sollallohu alayhi vasallam.

Hozirgi vaqtda yoshlarimizni aldov yo‘llar va sof dinni noto‘g‘ri ta'limotlar bilan tushuntirib o‘zlarining g‘arazli niyatlari tomon chorlamoqda.
Vaholangki Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kim bizni aldasa, u bizdan yemas” (Imom Hokim) rivoyati.
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sollallohu alayhi vasallam yana bir hadislarida “Makr va aldov do‘zaxdadir” dedilar. (Imom Tabaroniy) rivoyati. Ana endi bir o‘ylab ko‘ring “Jihod” kofirlarga qarshi qilinsa hozirgi vaqtda yesa ular butun musulmon diyorlari va musulmon xalqini o‘ldirmoqdalar. Bu qanday jihot bo‘lsin. O‘zlari bila turib aldab, makr qilib yoshlarni chaqirmoqda.
Hadisdagi aldov va makrga muvofiq o‘zlarini musulmon sanayotgan o‘sha bandnafslar yerta qiyomatda Alloh Ta'ologa qanday javob berarkin.
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sollallohu alayhi vasallam “Haqiqiy musulmon va musulmonlarning afzali shuki-musulmonlar uning qo‘li va tilidan omonda bo‘lgan kishidir” dedilar.
Ya'ni musulmonlarga qo‘li va tili bilan ozor bermasa xaqiqiy musulmon shu demoqdalar. Endi bir o‘ylab ko‘ring? Internetlarda yoshlarni tili bilan yolg‘on, gunoh ish yo‘lida aldab va shuncha vaqtdan beri qanchadan-qancha musulmonlarni qo‘li bilan o‘ldirib kelayotganlar musulmonmikin?
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sollallohu alayhi vasallam, yana bir muborak xadislarida aytadilar: “Agar bir dona mo‘minning qonini to‘kishlikka osmonlaru yerning xammasi birlashsa-Alloh Ta'olo ularning xammasini Jaxannamning tubiga uloqtiradi” dedilar.
Ya'ni bir mo‘min musulmonning qonini nohaq to‘kilishiga kim ishtirok etsa xam Alloh ularning xammasini do‘zaxga tashlaydi. Bir o‘ylang o‘sha g‘alamislar qancha mo‘min va musulmonni noxaq o‘ldirdi. Bu endi jixodmi? Yo‘q qotillikning eng vaxshiysidir. Shuning uchun aziz xamyurtlar, buni o‘qib ko‘rayotgan aziz ko‘z egalari, “Jixod” degan noto‘g‘ri talqindan extiyot bo‘ling. Ko‘zingizni oqu qorasi bo‘lgan farzandlaringizni xam extiyot qiling.
“Jixod”ga targ‘ib qilayotganlar ekstremistik oqim a'zolaridir. Shunday ekan sof Islom dinidan adashmang.

Jahongirxon Abrorov manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 15/01/2022 08:10;   Ko‘rilganligi: 1211
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/jihod-soxtaligidan-ogoh-boling
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing