O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

IXLOS

 
 

Ayting: «U Alloh yagonadir» (Ixlos surasi 1-oyat).

Imom Tohir ibn Oshur rohimahulloh ushbu oyatning tafsiriga batafsilib to‘xtalib, quyidagi xulosani aytganlar:

«Alloh taoloning yagona ibodatga loyiq Zot ekanining ma'nosi mavjudotlardan biror narsa bu borada Unga sherik bo‘la olmasligidir. Bu ma'no shirk ahli ibodat deb hisoblaydigan shirklarini, Mulkoniya Nasroniylari uch iloh deb biladigan e'tiqodlarini, Majusiylar sig‘inadigan butlarini va Brahmanlarning sanab bo‘lmas ma'budlarini botilga chiqaradi».

Darhaqiqat, Alloh taoloning Islom ahliga bergan ne'matidirkim, ushbu ulug‘ ma'noni kichik surada nozil qildi. Buni yosh bolalar balog‘atga, aql tanish yoshlariga yetishdan oldin ham yodlay oladilar. Ushbu ma'no Islom dini xususiyatlarining eng ko‘zga ko‘ringanlaridir. Ushbu surani qiroat qilish bilan ulkan savoblarga musharraf bo‘lamiz. Uni ko‘p qiroat qilish bilan fazilat va sharaf sohibiga aylanamiz. Uni qiroat qilishning savobi Qur'oni karimning uchdan birini qiroat qilish savobiga barobardir. Shuningdek, hadisi sharifda keladiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Qul huvallohu ahad»ni o‘n marotaba o‘qisa, Alloh taolo unga jannatda qasr quradi», deb marhamat qilganlar.

Xayrulla domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 13/01/2022 07:34;   Ko‘rilganligi: 645
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ixlos
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 23:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing