O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

ISROFGARCHILIK MO‘MINGA XOS EMAS

 
 

Dinimizda har bir narsani me'yorida amaoga oshirish tavsiya etiladi. Me'yordan oshirib yuborish isrof deyiladi.

Bu borada Alloh taolo Qur'oni karimda bandalarni isrof qilmaslikka buyurib: “Qarindoshga, miskin va yo‘lovchiga ( hayri ehson qilish bilan) haqlarini ado yeting va isrofga mutlaqo yo‘l qo‘ymang, deb marhamat qilgan. Chunki isrofgarlar shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa Parvardigorga nisbatan o‘ta noshukur edi. ( Isro surasi 26-27 oyat). Alloh taolo yana bunday marhamat qiladi: (Baxillik qilib) “ Qo‘lingizni bo‘yningizga bog‘lab ham olmang”. (Isrofgarchilik qilish bilan )uni butunlay yoyib ham yubormang. Aks holda malomat va mahrumlikda o‘tirib qolursiz.(Isro surasi 29 oyat). Molini hasislik va isrofga yo‘l qo‘ymasdan xayr ehson qilgan bandasiga Alloh taolo kutmagan joyidan ne'matlar ato etadi. Aksincha, dinimiz ko‘rsatmasidan chetga chiqish gunohlar uchun eshik ochadi. Riyokorlik, kibr, manmanlik,isrof kabi illatlar yehsonning savobini ketkazib gunohga sabab bo`ladi. Bu borada Payg‘ambarimiz s.a.v ham bir necha hadisi shariflarida isrofdan qaytarganlar. “Tejamkor odam hech qachon qoshshoqlik ko‘rmaydi” deganlar.

Agar mo‘min kishi ayrim maraka marosimda ketadigan mablag‘ning bir qismini farzandlarning haqiqiy ehtiyojiga, oila yumushlarini yengillatishga,  go‘daklarni sog‘lom qilib o‘stirishga, bolalariga chuqur bilim berishga, hayot va turmush tarziga javob beradigan maqsadlarga sarf qilsa eng savob ish bo‘lar yedi.

Ortiqcha mablag‘i bor odam isrofga yo‘l qo‘ymasdan muhtoj oilalarga, mehribonlik uylariga yoki manfaati ommaga tegadigan joylarga sarflasa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Shunday ekan mo‘min kishi har bir qiladigan sarf xarajatini Alloh taolo buyurganidek qilsa va Payg‘mbarimiz s.a.v ko‘satmalariga amal qilib yashasa ikki dunyo saodatiga erishadi. In shaa ALLOH!

 

Sh.Hamdamov - Tayloq tumani "Nuroniy" masjidi imom hatibi


Kiritilgan vaqti: 24/08/2020 13:37;   Ko‘rilganligi: 1496
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/isrofgarchilik-mominga-xos-emas
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 23:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing