Islomshunos olim orden bilan taqdirlandi

Mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, adabiyot, madaniyat, san'at va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Ushbu farmon ila O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi islom tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori, taniqli arabshunos, sharqshunoc, islomshunos olim Hasanov Ahadjon Ahmedjonovich ham “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati va jamoasi taniqli islomshunos olim Ahadjon domla Hasanovni yuksak davlat mukofoti bilan muborakbod etadi.
Alloh taolodan ulug‘ 80 yoshni qarshilagan, ko‘plab shogirdlarning ustozi, yosh avlodga ilm-ma'rifat ulashishda faollik ko‘rsatib kelayotgan ustoz Ahadjon domla Hasanov mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat va muvaffaqiyat so‘rab qolamiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 28/08/2020 15:24; Ko‘rilganligi: 1392
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 08:43





















