O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Islomda ayollarga bo‘lgan munosabat

 
 

Islom dini birinchi bo‘lib ayol kishi ham xuddi erkak kashidek, to‘laqonli inson ekanini e'lon qildi. Bu ma'no qur'oni Karimning bir qancha oyatlarida qayta-qayta bayon etildi.

Allox ta'lo Niso surasida shunday deb marhamat qiladi. Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollar taratgan Rabbingizdan qo‘rqinglar. (1-oyat) 

Demak, odamiylikda va insoniylikda erkak va ayol teng erkakning ayoldan ustunligi yo‘q.

Rosululloh sallollohu alayhi vassallam ayollar ham erkaklar kabi inson ekanini elon qildilar.

Oisha Roziyallohu anhu rivoyat qiladi Rosululloh sallollohu alayhi vassallam “Ayollar erkaklarning tug‘ishganlaridir”, dedilar.

Qur'oni Karimning uzun suralaridan biri  Niso (Ayollar) deb ataladi. Shuningdek mujodala, taloq surasini ham “kichik Niso” diyishadi. Nur va Ahzob suralarida ham ayollar masalasiga  alohida etibor berilgan.    Islom tarixidan shuni bilamizki, Rosululloh sallollohu alayhi vassallam musulmon ummatiga qilgan vaz-nasihatlaridan tashqari, yana ayollar uchun alohida majlislar ham o‘tkazib turar edilar.

Islom dinida Ayol zotiga bu qadar ahamiyatli bo‘lishning asosiy sababi  johilayat zamonida ayollarning o‘ta xo‘rlanganidir. 

Ayol kishi barcha insoniy haqlardan mahrum edi, Hatto ayolni odam o‘rnida ko‘rmaydigan toifalar bor edi. G‘arbdagi nosorolar olamiga nazar tashlasak, ularda alohida ilmiy  yig‘ilishlar o‘tkazilib, o‘sha davr rahnomalari tomonidan “Ayol erkakni yo‘ldan urishi uchun yaratilgan shaytondir, unga ko‘zi tushgan odam ham gunahkor bo‘ladi. Ayol havoni bulg‘atmasligi uchun og‘ziga to‘siq tutib yurishi kerak” degan qarorlar qabul qilingan.

Sharqqa nazar soladigan bo‘lsak eng qadimgi  madaniyat sohibi deyilgan Hindistonda o‘lgan erkakning nasibasi o‘zi bilan ketishi uchun tirik xotinini unga qo‘shib kuydirilganligini bilamiz.

Arabistondagi johiliyat tizimida esa ayolga dunyoning matohi sifatida qaralgan. Ayol kishi erkak kishining shahvati uchun kerak edi. Oila masalasi juda og‘ir ahvolda  edi. Ayol kishini molu-mulkka qo‘shib meros qilib olish oddiy hol edi. Ayolga nisbatan past munosabatlar unga yetkazilgan turli zulmlar misoli bir qancha sura va oyatlarda  kelgan.  Johimiyat davrida qiz farzand or-nomus hisoblanar edi. Qaysiki erkakka qiz farzandni  xabarini keltirishsa. Bu xabarni “yomon”ligidan  uyalib, odamlar ko‘zidan berkinib yurgan. Bu qizni o‘zim bilan olib yuraversammikan yoki ko‘mib yuborsammikan deb hayol surgan.

Johimiyat davrida qizlar katta bo‘lsa bular janga kira olmasa o‘zlarini himoya qila olmasa, asrga tushsa bizni sharmanda qiladi deya tiriklay ko‘mganlar. Yosh begunoh qizchalarni esa otalari onasiga qizimni yasantirib ber o‘ynatib kelaman  deb olib chiqib ko‘zdan pana uzoqroq joyga borganda oldiga qo‘g‘irchoqlarini berib o‘zlari chuqur qaziganlar tayyor bo‘lgach qizchalarini shu chuqurga tashlab ustidan tuproq tortganlar. Inson nomiga dog‘ bo‘lgan bu ish johiliyat davrida yuqori darajada boholanar edi, bu ishga hech kim hattoki onalar ham  qarshi chiqa olmas edilar.

O‘sha noinsoniy odatga birinchi bo‘lib Islom dini qarshi chiqdi. Islomda ayollarni tug‘ilganlaridan umrlarining oxirigacha kerakli ma'ishat bilan taminlash erkaklar zimmasiga yuklatilgan. Islomda ayol zoti o‘zining hayot kechirishi uchun kerakli narsalarni topishda, uni nafaqa bilan ta'minlash erkaklarga yuklatilgan. Shuningdek johiliyat odatiga xilof o‘laroq qiz tug‘ilganda xursandchilikni bo‘rtdirib izhor qilish tavsiya qilinadi. Hatto hadya ulashishda ham kungillari nozikligi e'tiboridan, avval qizlardan boshlanadi. Qiz tuqqan kelinlar barakali kelinlar sifatida e'zozlanadi. Qizlarning o‘zlari ham “baraka ramzlari”  deya erkalanadi.  Qiz  boqqanlarga turli moqomlar va'da qilinadi.

Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi.  Rosululloh sollollohu alayhi vassallam: Kimning  uchta qizi bo‘lsa, ularning xarxashalari, og‘irliklari va yengilliklariga sabr qilsa, Alloh ularga ko‘rsatgan rahmati tufayli uni jannatga kiritur, dedilar. Bir kishi: “Ikkita bo‘lsachi, Yo Rasulalloh?” dedi. “Ikkita bo‘lsa ham” dedilar.

Payg‘ambarimiz Muxammad sallollohu alayhu vassallam Ayollarni ulug‘lab “Jannat onalar oyog‘i ostidadir dedilar. Islomda musulmonlar qadimdan ayol-qizlarga  faqat yaxshi nazar bilan qarab keldilar va kelmoqdalar.    Bugungi hayotimizda ham prezidentimiz Sh.Mirziyoev - Farovon hayotimiz ham, yorug‘ kelajagimiz ham ayollarga bog‘liq. Agar halqimiz bizdan rozi bo‘lishini xoxlasak avvolo, mo‘tabar onalarimiz, opa-singillirimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishimiz kerak. Ona rozi bo‘lsa oila rozi bo‘ladi, oila rozi bo‘lsa jamiyat rozi bo‘ladi- dedilar. Bu maqsad mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasida eng muhum yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Ularning ijrosini tizimli tarzda har bir kesimida amalga oshirish  uchun Oila va xotin qizlar davlat  qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida. Prezident farmoni qabul qilindi.  Bundan tashqari ayollarga turli yengilliklar berish to‘g‘rida 30dan ziyod qonunlar qabul qilindi.

Endi har bir mahallada ayollarning dardi bilan yashaydigan tizim bo‘ladi. Qaysi ayolga nima kerakligi, o‘qishi, davolanishi, bolalar tarbiyasi bo‘yicha mening stolimda adolatli  raqam bo‘ladi - dedi davlatimiz raxbari.  Oila va jamiyat ustuni hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin – qizlarni e'zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan.

Vatanimiz taraqqiyotida oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega egadirlar.

Xotamova Marhabo Payariq tuman bosh otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 05/12/2022 11:01;   Ko‘rilganligi: 2259
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/islomda-ayollarga-bolgan-munosabat
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing