O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Islom ahkomlarini sof saqlaylik

 
 

Inson lug‘aviy mazmuniga ko‘ra, adashuvchi deganidir. Alloh taolo bizni mukarram yaratgan bo‘lsa-da, aniq shariy yo‘l-yo‘riq, axloqiy mezonlar bo‘lmaganida odamzot zalolatga, botilga ketib qolishi hech gap yemasdi. Ana shu mezonlar jamlanmasi dindir.

Muqaddas islom dinimiz bizga ikki dunyo saodatini ko‘rsatadigan, to‘g‘ri yo‘lga chorlab turadigan yo‘ldir. Agar u bo‘lmaganida insoniyat haddidan oshgan va boshi berk ko‘chaga kirib qolardi. Fikrimizga dalil o‘laroq, saodat asriga qadar Arabiston yarim orolidagi vaziyatni, johiliyat davrini yeslash kifoya. Demak, bizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan muqaddas shariatimiz uchun ham shukrona keltirishimiz zarurdir.

Afsuski, mazmuniga ko‘ra, islom aqidalari, qoidalari, ahkomlariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan, aksincha dinimizda qattiq qoralangan, rad yetilgan illatlarni musulmonchilikka bog‘lash zamonaviy dunyoda avj oldi. Shunday mafkuraviy xurujlar, dinni soxtalashtirish xavfi mavjud zamonda asl islom asoslarini xalqimizga yetkazish dolzarb masaladir.

Ajdodlarimiz azaldan pok imonli, ye'tiqodda sobit bo‘lishgan. G‘arazli niyatlarda diniy ta'limotni noto‘g‘ri talqin yetishga urinayotgan kimsalar yesa xalqimizning samimiy xulqi, ixlosidan foydalanishmoqda.

Islom dini aslida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlari, xulqlari, amallari bilan bog‘liq. Demak, hech ikkilanmay aytish mumkinki, islom tinchlik, do‘stlik, poklik, xalollik, samimiyat dinidir!
Islom hech qachon fitna, urush, qon to‘kish, o‘zgalarga musibat yetkazishni oqlamaydi! Kimki buning aksini desa, adashgan, zalolatga ketgan hisoblanadi.
Islom qandaydir siyosat, millat yoki muayyan guruhlarga mansub yemas. Balki, uning hayotbaxsh ta'limoti avvalo, insonni mukarram zot sifatida ye'zozlaydi. Shu ma'noda dinimiz zaminda umrguzaronlik qilayotgan bashariyatga birday tegishli, barchani hidoyatga chaqiradi. Odam ma'naviy kamoloti va hayotiy manfaatlariga xizmat qiladi. Islom dinining jahonga ta'sir doirasi tobora kengayib borayotgani bejiz yemas.

Demoqchimizki, farzandlarimizga muqaddas dinimizni sodda, ravon usulda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar hayotidan aniq misollar bilan tushuntirishimiz bugungi kunda g‘oyat muhim. Ayniqsa, xalqimizda buning uchun ulkan ma'naviy meroslar bor. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burxonuddin Marg‘inoniy, Abu Mansur Muturidiy kabi zabardast allomalar avlodi dinimizning soxta talqin qilinishiga toqat qilmasligi kerak. Ota-onalar bu borada mas'ulmiz.

Tolibxon YOSHUZOQOV,
Jomboy tumani Avliyo Qoraxon bobo jome masjidi imom-xatibi.


Kiritilgan vaqti: 07/08/2023 11:43;   Ko‘rilganligi: 643
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/islom-ahkomlarini-sof-saqlaylik
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing